Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşida Respublika yoş olimlar Kengaşining “Respublika yoş olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovi bölib ötmoqda.

Unda iştirokçilar loyihalarining taqdimoti ötkaziladi. Oliy ta'lim muassasalari, Ilmiy tadqiqot muassasalarining bakalavr, magistr, tayanç doktorant va mustaqil izlanuvçilarining ilmiy nazariy hamda ilmiy amaliy tadqiqotlarini natijadorligini oşiriş, işlab çiqarişga samarali joriy etiş, eng asosiysi esa, ularning ilm fan yutuqlariga bölgan qiziqişlarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan mazkur tanlov aniq fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar va tabiiy fanlar yönalişlari böyiça olib borilmoqda. Har bir yönaliş böyiça 3 nafardan ğoliblar saralab olinadi.
Joriy yilning 30 oktabr kuni ijtimoiy-gumanitar fanlar yönalişida qiziqarli bahs-munozaralarga boy taqdimotlar bellaşuvi taşkil qilindi. Unda 30 ta loyiha xolislik, adolat, şaffoflik va qonuniylik prinsiplariga amal qilingan holda baholandi. Tanlov ğoliblarini aniqlaş mezonlariga köra tanlovga taqdim etilayotgan loyihalarning jamiyatimizdagi ijtimoiy va amaliy muammolarni bartaraf etilişi, maqsadli yönaltirilganligiga alohida e'tibor qaratildi.
—200 nafar iştirokçi qatnaşgan tanlovda bakalavr, magistr darajasidagi ayrim yoşlarning öz loyihalarini namoyiş etişida biroz tajriba yetişmadi. Köpçilik hujjatlarda kamçiliklar mavjudligi, ularning talabga javob bermasligi va innovatsion loyihalarni taqdimot şaklida tayyorlanmaganlik holatlariga duç keldik. Ularni rasmiylaştiriş qoidalari,tanlovda iştirok etişning öziga yaraşa tartibi mavjud. Jarayon davomida qatnaşçilarning bu borada yetarliça ma'lumotga ega emasligiga guvoh böldik. Şu sabab tanlovga 200 nafar hujjat topşirilgan bölsa, ularning 100 tasi saralab olindi. Bugun tanlovning ijtimoiy fanlar yönalişi böyiça loyihalar taqdimoti baholandi. Bu yönalişdagi loyihalar orasida muvaffaqiyatlilarini ham kördik. Tanlovga xalqaro darajadagi innovatsion loyihalar ham taqdim etilgan. Iştirokçilar orasidan 3 nafar ğoliblar saralab olindi. Tanlovdagi iqtidorli sohiblar özlarining haqiqiy yoş olim ekanligini isbotlaşdi. Çunki ular fundamental tadqiqotlarni amalga oşirişmoqda, – deydi Yoş olimlar Kengaşi direktori Kamoliddin Mirzaahmedov. — Tanlovda ğolib bölmagan loyihalar ham e'tibordan çetda qolmaydi. Ularni yanada takomillaştiriş uçun ilmiy texnik laboratoriyalariga yönaltiramiz. U yerda loyiha şakllantiriladi va Özbekiston Respublikasi innovatsion rivojlaniş vazirligining xalqaro tanlovlariga yönaltiriladi. Ijtimoiy gumanitar yönaliş egalari bugun faqat bu yönaliş bilan çegaralanibgina qolmay, bir neça fundamental fanlar uyğunligi asosida loyihalarini işlab çiqişgan. 3 nafar loyiha ğolibiga 10 mln sömdan grant ajratiladi. Tadqiqotçi iqtisodiyot rivoji uçun xizmat qiluvçi kadrdir. Ularni qöllab-quvvatlaş uçun Yoş olimlar kengaşi INHA universiteti bilan hamkorlikda xalqaro darajadagi istiqbolli loyihalarni amalga oşiradi. Jumladan, yoşlarni IT hamda texnik va texnologik konstruktor sohalariga jalb etiş böyiça tizimli işlarni yölga qöyilmoqda.

Tanlovda iqtisodiy samaradorligi yuqori bölgan, loyihalar Özbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan mualliflik huquqini beruvçi patent guvohnomalari berilişiga tavsiya etildi. Tanlov yakunida ğoliblar böyiça xulosa bayonnomasi rasmiylaştiriladi.
— Mazkur tanlovda Toşkent xalqaro BMT moduli” loyihasi bilan iştirok etdim. Bu loyihada Özbekistonga “Education for justice» adolat uçun ta'lim konseptsiyasini olib kirmoqçiman. Loyiha xalqaro dastur asosida 3 bosqiçda amalga oşiriladi, – deydi tanlov iştirokçisi Tolibjon Mustafoyev. — Dastlabki bosqiçda har xil elektron öyinlar, multfilmlar orqali maktab yoşidagi bolalarning huquqiy madaniyatini oşirişga erişiladi. Keyingi bosqiçlarda esa Oliy ta'lim muassasalari talabalari va professor öqituvçilari uçun “Toşkent xalqaro BMT moduli” konferensiyasi dasturi bilan korrupsiyaga qarşi kuraşiş, jinoyatçilikni oldini oliş hamda Özbekistondagi asosiy me'yoriy hujjatlarni yuritişga imkon yaratiladi.











