O‘zbekiston | 14:36 / 29.08.2025
1722
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Polsha qishloq xo‘jaligida qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshiradi

O‘zbekiston diplomatlari Polshaning Skiyernevitsa shahridagi Tha National Institute of Horticultural Reasearch ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan tanishdi.

Foto: Dunyo

Safar doirasida institut rahbariyati va professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda institutning ilmiy-tadqiqot faoliyati, xususan bog‘dorchilik, o‘simliklar genetikasi, biotexnologiya, tuproqshunoslik va agrotexnika sohalaridagi innovatsion loyihalari xususida fikr almashildi.

O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi va eksport salohiyatini oshirish maqsadida institutning ilmiy-amaliy tajribasini o‘rganish va qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilindi. Ayniqsa, mahsulotlarni eksport qilish jarayonida innovatsion texnologiyalar va yuqori zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekistonning tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalari va InHort instytut ogrodnic instituti o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid