Ma'lumki, 2017 yil 24 oktabrda Özbekiston Respublikasi Boş vaziri tomonidan tasdiqlangan “Aholi örtasida is gazidan zaharlaniş hamda havo-gaz aralaşmasi çaqnaşi bilan boğliq favqulodda vaziyatlarning oldini olişga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuçaytiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar” dasturi doirasida “Öztransgaz” AJ tizimida 2018 yilning 20 oktabridan 2019 yilning 20 yanvariga qadar “Turmuşda gazdan xavfsiz foydalaniş oyligi” e'lon qilingan edi. 

Uşbu oylikni ötkazişdan asosiy maqsad aholining gaz iste'moli madaniyatini oşiriş, kuz-qiş mavsumida gazdan xavfsiz foydalanişlariga erişiş hamda gaz bilan boğliq turli köngilsiz hodisalarning oldini olişga qaratilgan bölib, joriy yilning 31 oktabr kuni Sirdaryo viloyatining Guliston şahrida “Gazdan töğri foydalaniş — xavfsizligimiz kafolati” mavzuidagi Respublika seminari taşkil etildi.

Foto: Öztransgaz

Dastlab, seminar dasturiga muvofiq “Öztransgaz” AJ, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, IIV yonğin xavfsizligi boş boşqarmasi, IIV yonğin xavfsizligi instituti, Respublika yonğinga qarşi kuraş jamiyati, Özbekiston musulmonlari idorasi xodimlari hamda hududiy gaz filiallari mutaxassislari bilan birgalikda bolalar şaharçasi, (Boğça-maktab tipidagi mehribonlik uyi)ga taşrif buyurilib, u yerda gazdan xavfsiz foydalaniş qoidalariga oid körgazmali tadbir taşkil etildi.

Foto: Öztransgaz

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilari seminar iştirokçilarini bayramona ruhda kutib olişdi. Tadbir taşkilotçilari tomonidan bolajonlarga tabiiy gazdan töğri foydalaniş, notöğri foydalanişning salbiy holatlari haqida tuşuntirildi va ularga mavzuga doir qoidalar aks ettirilgan bukletlar, esdalik sovğalari topşirildi.

Foto: Öztransgaz
Foto: Öztransgaz