Qonunçilik palatasining 14 oktyabr kungi majlisida retsept bilan beriladigan dori vositalarining noqonuniy aylanmasi uçun javobgarlikni kuçaytirişni nazarda tutuvçi qonun loyihasi birinçi öqişda körib çiqildi.

Deputat Tohir Polvonovning ma’lum qilişiça, 2021-2024 yillarda dori vositalaridan zaharlangan şaxslar soni 18 ming nafardan oşgan.

«Retsept bilan beriladigan dori vositalarining noqonuniy aylanişi fuqarolarda turli oğirlikdagi zaharlaniş va ölim holatlarini keltirib çiqaradi. Statistik ma’lumotlarga köra, 2021-2024 yillarda dori vositalaridan zaharlangan şaxslar soni 18 ming nafardan oşgan. Şundan 177 nafar insonda ölim holati kuzatilgan», dedi Tohir Polvonov.

Uning qöşimça qilişiça, 2022-2024 yillar va 2025 yilning dastlabki 5 oyida 288 ta holatda umumiy qiymati 18 mlrd sömlik 285 ming dona dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga çek qöyilgan.

Qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga quyidagi özgartirişlarni kiritiş taklif etilyapti:

· tarkibida kuçli ta’sir qiluvçi moddalar mavjud bölmagan dori vositalarini retsept böyiça çakana realizatsiya qiliş tartibini buzganlik uçun jarimalar miqdorini BHMning 50 baravaridan 100 baravarigaça oşiriş;

· tarkibida kuçli ta’sir qiluvçi moddalar mavjud bölgan dori vositalarini retsept böyiça çakana realizatsiya qiliş tartibini buzganlik uçun jarimalar miqdorini 100 baravaridan 200 baravarigaça oşiriş.

Bundan taşqari, Jinoyat kodeksiga ham quyidagi özgartirişni kiritiş taklif etilyapti:

· tarkibida kuçli ta’sir qiluvçi moddalar mavjud bölgan dori vositalarini retsept böyiça çakana realizatsiya qiliş tartibini buziş, şunday harakat uçun ma’muriy jazo qöllangandan keyin köp miqdorda sodir etilgan taqdirda, BHMning 200 baravaridan 300 baravarigaça qilib belgilaş.