Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hadis ilmi maktabi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi
Hadis ilmi maktabi faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligi telegram-kanali xabariga ko‘ra, qaror bilan Hadis ilmi maktabining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
• Qur'oni karim va hadislarning asl mohiyatini, hadis ilmining ilmiy-nazariy asoslarini chuqur o‘rgangan, hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan ulug‘ vatandoshlarimizning ulkan ilmiy merosini puxta o‘zlashtirgan, hadisshunoslik sohasida ilmiy izlanishlar olib borish ko‘nikmasiga ega mutaxassislarni tayyorlash;
• hadisshunoslik maktabi shakllanishi va rivojlanishi, uning ilmiy-ma'naviy asoslarini har tomonlama chuqur o‘rganish, tadqiq etish va uning natijalari asosida hadislardagi ezgu umuminsoniy g‘oyalarni xalqimizga, ayniqsa, yosh avlodga yetkazish.
Maktabda o‘qish muddati besh yil bo‘lib, kunduzgi ta'lim shaklida olib boriladi.
Shuningdek, “Hadisshunoslik” ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasidagi kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
2018–2019 o‘quv yili uchun qabul kvotasi jami 10 ta o‘rin etib belgilangan va unga arab tilini puxta o‘zlashtirgan, hadislarni yod olishga salohiyati bo‘lgan o‘rta maxsus diniy ta'lim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilari saralab olinadi.
Maktab bitiruvchisi ta'limni o‘z ixtisosligiga ko‘ra O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistraturasida davom ettirishi, tayanch doktorantura va doktorantura bosqichlarida tahsil olishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Hadis ilmi maktabi prezidentning 2018 yil 16 apreldagi farmoni bilan tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi muassisligidagi oliy diniy ta'lim beruvchi nodavlat ta'lim muassasasi hisoblanadi.
Mavzuga oid
20:00 / 28.03.2026
Jazoni ijro etish muassasalaridagi yoshlar zamonaviy kasblarga o‘qitiladi
07:21 / 23.12.2021
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kitoblar, jurnallar va boshqa bosma materiallar bazasi kengaytiriladi
22:45 / 18.02.2020
Prezident farmoni: Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi
21:37 / 05.09.2019