Prezidentning «Aholiga körsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillaştiriş hamda fuqarolar uçun qöşimça qulayliklar yaratiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi. Hujjat davlat xizmatlarini soddalaştiriş, ortiqça byurokratik tösiqlarni qisqartiriş va raqamli xizmatlarni kengaytirişga qaratilgan.

Qarorga muvofiq, 2027 yil 1 yanvardan köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş tartibi takomillaştiriladi. Şuningdek, ayrim holatlarda davlat röyxatidan öz vaqtida ötkazilmagan huquqlar uçun ma’muriy javobgarlik yengillaştiriladi hamda meros yoki hadya tartibida olingan turar joyni sotişda soliqqa oid qöşimça qulayliklar joriy etiladi.

2026 yil 1 oktyabrdan boşlab şaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki tuğilgan sanasi özgarganda, uşbu ma’lumotlar davlat axborot tizimlarida avtomatik ravişda yangilanadi. Bu ortiqça hujjat yiğiş va turli idoralarga alohida murojaat qiliş ehtiyojini kamaytiradi.

Şuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali köçmas mulkka taqiqlar, şaxs nomidagi telefon raqamlari, ularga ulangan pulli xizmatlar hamda bank kartalari haqida ma’lumot oliş imkoniyatlari kengaytiriladi. Notarial harakatlar haqida ham fuqarolarga avtomatik xabarnomalar yuboriş tizimi joriy etiladi.

Qaror bilan reklama sohasida ham yangi talablar belgilandi. Xususan, mobil aloqa orqali reklama qönğiroqlari va SMS-xabarlarini faqat fuqaroning oldindan bergan roziligi bilan yuborişga ruxsat etiladi. Bundan taşqari, reklamani tungi vaqtda tarqatişga çeklovlar kiritiladi.

Hujjatda belgilangan çora-tadbirlarni amalga oşiriş böyiça mas’ul vazirlik va idoralarga aniq muddatlar belgilangan bölib, ularning ijrosini muvofiqlaştiriş va nazorat qiliş boş vazir zimmasiga yuklatilgan.