Honduraslik muhojirlar Tramp ustidan sudga arz qilishdi
AQShga yo‘l olayotgan muhojirlar karvonida bo‘lgan 12 gonduraslik AQSh prezidenti Donald Tramp konstitutsiya bandlarini buzayotgani sababli uning ustidan sudga jamoaviy arz topshirishdi.
Arz matnida Tramp qonun, jumladan Markaziy Amerika davlatlari aholisining boshpana berilishi huquqini cheklash maqsadida konstitutsion huquqlarni suiiste'mol qilishda davom etmoqda.
Shuningdek, arz AQSh bosh prokurori Jyeff Seshns, ichki xavfsizlik vaziri Kirsten Nilsen, immigratsiya va bojxona nazorati, bojxona xizmatlariga nisbatan topshirilgan.
Muhojirlar advokati Jon Shorman Trampning konstitutsiyani buzayotgan siyosiy yechimlari haqida so‘zlab bergan. Shormanning aytishicha, Tramp muhojirlarga qarshi qurolli kuchlar yoki boshqa choralar bilan qarshilik qilolmasligini aytgan.
2 noyabrda Tramp Meksika chegarasida muhojirlar harbiylarga tosh ota boshlasa, amerikalik harbiylar qurol qo‘llashi mumkinligini aytgan.
Mavzuga oid
02:48 / 06.11.2024
Saylov boshlandi, ko‘p ovoz olib ham yutqazish mumkin bo‘lgan saylov
00:26 / 06.11.2024
Tramp atrofida aylanayotgan Amerika siyosati: nega bunday bo‘ldi?
21:24 / 18.08.2024
Bir kun ichida 500 ga yaqin noqonuniy muhojir qayiqlarda Buyuk Britaniyaga kirib keldi
23:41 / 23.09.2021