“Tinçlik kengaşi tuzilganini e’lon qiliş men uçun katta şaraf. Kengaş tarkibi yaqin orada ma’lum qilinadi, ammo işonç bilan ayta olamanki, bu — istalgan vaqtda va istalgan joyda tuzilgan kengaşlar içidagi eng buyuk va eng nufuzlisi”, — deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida.

AFP agentligi qayd etişiça, “Tinçlik kengaşi” haqida 15 nafardan iborat falastinlik texnokratlar ma’muriyati tuzilgani e’lon qilinganidan köp ötmay xabar berildi. U ma’muriyatga uruşdan keyingi Ğazo sektorida kundalik hayotni boşqariş vazifasi yuklatilgan. Ma’muriyat “Tinçlik kengaşi” nazorati ostida işlaydi. “Tinçlik kengaşi raisi sifatida men yaqinda tayinlangan falastinlik texnokrat hukumatini qöllab-quvvatlayman”, — dedi Tramp.

The Telegraph gazetasi xabar berişiça, “Tinçlik kengaşi” tarkibida ehtimol Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Saudiya Arabistoni, Qatar, Misr va Turkiya vakillari böladi.

14 yanvar kuni AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff Tramp nomidan Ğazo sektorida öt oçişni töxtatişning ikkinçi bosqiçiga ötilganini e’lon qildi. Bu bosqiç, jumladan, HAMASni qurolsizlantiriş va Falastin politsiyasini qöllab-quvvatlaş maqsadida Ğazo sektorida Xalqaro barqarorlaştiruvçi kuçlar (XBK)ni joylaştirişni közda tutadi.

Dekabr oyida YeI va AQŞda terroristik taşkilot deb tan olingan HAMAS harakati bir qator şartlar bajarilsa, qurolni topşirişga tayyorligini bildirgan — xususan, Isroil qöşinlari Ğazo sektoridan töliq çiqib ketişi şarti bilan. “(Bizda qurol bölişi — tahr.) okkupatsiya va tajovuz bilan izohlanadi. Agar okkupatsiya tugasa, bu qurol davlat nazoratiga topşiriladi”, — degan edi harakat yetakçilaridan biri Xalil al-Haya.

HAMAS harakatining 2023 yil 7 oktyabrda Isroilga qilgan hujumi Yaqin Şarqdagi mojaroning keskinlaşuvi uçun boşlanğiç nuqta böldi. Öşanda jangçilar Isroilga raketa zarbalari bergan, mamlakat hududiga kirib borgan va taxminan 1200 kişini öldirgan. Şuningdek, ular 250 nafar garovga olinganlarni qölga olib, Ğazo sektoriga olib ketgan. Keyinroq garovdagilarning bir qismi almaştirilgan yoki ozod qilingan, bir qismi halok bölgan.

Isroil bunga javoban HAMASga qarşi uruş e’lon qildi. Ğazo sektorida quruqlik amaliyoti va bombardimonlar oqibatida 70 mingdan ortiq falastinlik halok bölgan, 169 mingdan ziyodi yaralangan.