O‘zbekiston yoshlar ittifoqi 12 yoshli xalqaro grossmeyster Javohir Sindorov va bir guruh shaxmat murabbiylarini taqdirladi
Joriy yilning 16 oktabr kuni Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan “First Saturday GM” xalqaro turnirida iqtidorli shaxmatchimiz Javohir Sindorov muvaffaqiyatli ishtirok etib, uchinchi grossmeysterlik talabini bajardi va 12 yoshida jahonning eng yosh xalqaro grossmeysteriga aylandi.
U joriy yil iyun oyida “Voronej open-2018” xalqaro musobaqasida birinchi, sentabr oyida Turkiyada o‘tkazilgan 20 yoshgacha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ikkinchi grossmeysterlik talabini bajargandi. Javohir 12 yosh 10 oy 8 kunda grossmeysterlik unvonini qo‘lga kiritib, jahon shaxmat tarixida S.Karyakindan (12 yoshu 7 oy) keyin ikkinchi, Osiyoda esa birinchi eng yosh xalqaro grossmeyster bo‘ldi.
Bugun, 3 noyabr kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining “Yoshlar press klubi”da Javohir Sindorov va bir guruh shaxmat murabbiylarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqdirlash marosimida yosh grossmeyster va uning murabbiylariga O‘zbekiston yoshlar ittifoqining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Marosimda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyev Javohirning muvaffaqiyatlari zamirida juda katta mehnat va mashaqqat borligini ta'kidladi.
Tadbir yakunida Javohir Sindorov bir qator shaxmat muxlislari va iqtidorli yoshlar bilan mahorat uchrashuvi o‘tkazdi. U bir vaqtning o‘zida bir necha nafar shaxmatchilar bilan bellashib, o‘z iqtidorini namoyish etdi.
Mavzuga oid

20:52 / 26.03.2025
Ukrainalik grossmeyster g‘irromligi uchun 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi

11:56 / 28.02.2025
Shaxmat bo‘yicha 10-jahon chempioni Boris Spasskiy vafot etdi

00:38 / 11.02.2025
Shaxmatchi Javohir Sindorov Hikaru Nakamura ustidan g‘alaba qozondi

11:59 / 11.01.2025