Eron yo‘nalishini 180 darajaga o‘zgartirishi kerak – AQSh davlat kotibi
Eron hukumati siyosiy yo‘nalishini to‘liq o‘zgartirishi yoki iqtisodiyoti tanazzulga uchrashi o‘rtasida tanlashi kerak. Bu haqda xorijiy jurnalistlar uchun brifingda AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo aytib o‘tdi.
“Eron tuzumida tanlov bor: o‘zining noqonuniy yo‘nalishidan voz kechib, 180 darajaga o‘zgarish va o‘zini normal davlatdek tutish yoki iqtisodiyoti tanazzulga uchrashiga to‘qnash kelish”, deb aytgan Pompeo.
“Eron bilan yangi kelishuv imkoni bor, deb umid qilamiz, biroq Eron may oyida men gapirgan 12 ta shartni bajarish uchun o‘zgarishlar qilmaguncha, bosim o‘tkazish masalasida qat'iy turamiz”, deb qo‘shimcha qilgan AQSh davlat kotibi.
AQSh 5 noyabrdan Eronga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi. Sanktsiyalar ostiga Eronning 700 dan ko‘proq jismoniy va yuridik shaxslari tushgan.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024