Asrlar ötsa ham ğişt binokorlikda muhim mahsulotligiça qolmoqda. Ayniqsa Özbekiston hududida u asosiy quriliş mahsulotlaridan biri. Ammo sönggi paytlarda ğiştning bahosi muntazam ravişda oşib boryapti. Qanday omillar bunga sabab bölayotganini tahlil qilişga urinamiz.

Balandparvoz tuyular, ammo bu haqiqat – sönggi yillarda Özbekiston haqiqiy ulkan quriliş maydoniga aylandi. Avvaliga xususiy sektor vakillari yirik qurilişlar olib borişgan bölsa, oxirgi ikki yil davomida davlat tomonidan ham ulkan bunyodkorlik loyihalari amalga oşmoqda. Özbekistonda quriliş materiallariga, xususan ğiştga bölgan talab muntazam oşib borişi bejiz emas albatta. Lekin uning narxi ham doim kötarilib ketayotgani öyga toldirmay qöymaydi. Buning sabablarini örganiş maqsadida soha vakillarini suhbatga tortdik.

Birinçi suhbatdoşimiz yirik işlab çiqaruvçi rahbari, quruvçi-muhandis Davron Yusupov böldi.

– Davron aka, avvalo bir narsani aniqlab olsak, nega hamma sohalarga kirib borayotgan innovatsion loyihalar qurilişda sustroq ketyapti? Masalan, ğişt hamon asosiy quriliş materialiligiça qolmoqda, örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqarilmayapti.

– Bu fikringizga qöşilmayman. Bizda ham an'anaviy pişiq ğişt örnini bosuvçi bir qator mahsulotlar işlab çiqariş özlaştirilgan va bu sanoat ham kengayib boryapti. Masalan, penablok, gazoblok kabi mahsulotlar bemalol ğişt örnini bosa oladi va ğişt tanqis bölgan paytlarda köpçilik quruvçilar ulardan foydalandi.

– Unda ğişt nega hamon tanqis, narxi ham oşib boryapti?

– Çunki quriliş hajmi keskin oşdi. Şaxsan prezident, hukumat har jihatdan yirik qurilişlarni rağbatlantiryapti va bu holat hali uzoq davom etadi. Bir öylab köring, har bir tuman, har bir qişloqqa qator-qator namunali uylar qurildi. Şaharlar markazlarida yuzlab köp qavatli uylar qad rostlayapti, eski, xom ğişt yoki paxsaning örnini mustahkam pişiq ğişt egallamay qolmaydi.

– Faqat talabning ortib ketgani tufayli işlab çiqaruvçilar narxni oşirib yubordilarmi?

– Yöq, albatta. Bu yerda tabiiy gaz bahosi ham juda muhim. Sönggi yillar statistikasiga e'tibor qarataylik – bir kubometr gaz bahosi 265 söm bölgan paytlarda bir dona standart pişiq ğişt (keyingi örinlarda - ğişt) bahosi 450-500 söm atrofida edi. Keyin gaz bahosi avval 500 söm, keyin 1000 söm qilib belgilandi. Tabiiyki, bu işlab çiqaruvçilar faoliyatiga ta'sir etmay qolmadi. Bundan taşqari, ötgan yili qiş oylariga kelib köpçilik zavodlar gaz ta'minotidan uzilib qoldi. Ana şunday omillar qöşilib, ötgan yili talab taklifga nisbatan bir neça barobar ortib ketdi va ğiştning bahosi eng yuqori narx – 1300-1400 sömgaça kötarilib ketdi. Bu holat davlat rahbariyati nazaridan çetda qolmadi va zavodlar gaz ta'minoti yaxşilandi. Qolaversa, ijtimoiy ahamiyatga ega arzon uy-joylarga mahsulot yetkazib beruvçilar uçun soliq yengilliklari berildi. Ana şu rağbatlantirişlardan söng yana işlab çiqariş hajmi oşa boşladi va tabiiyki narx tuşişi kuzatildi. Hozirgi kunda ğişt bahosi örtaça 1000 söm atrofida.