2025 yilda Rossiyada oziq-ovqat mahsulotlari yillik hisobda örtaça 8-20 foizga qimmatlaşişi mumkin, dedi Eksportçilar va importçilar uyuşmasi vitse-prezidenti Artur Leyer. «Prognozlarga köra, sutning örtaça narxi litri uçun 90 rublgaça oşişi mumkin, bu hozirgi qiymatdan 10-15 foizga yuqori: mol göşti — kilogramm uçun 700-800 rublgaça (ösiş 12 foizga)», — deya 29 oktyabr, seşanba kuni ekspert sözlaridan iqtibos keltirgan «Praym» agentligi.
Leyer, şuningdek, import qilinadigan meva va sabzavotlarning tanqisligiga e’tibor qaratdi, bu esa ularning narxini 15-20 foizga oşişiga olib kelişi mumkin. «Masalan, kartoşkaning örtaça narxi kilogrammi uçun 40 rublgaça, pomidor esa 150 rublgaça oşişi mumkin», dedi u.
Uning sözlariga köra, davlat tomonidan mamlakatda inflatsiyani jilovlaş, jumladan, qişloq xöjaligini qöllab-quvvatlaş va içki bozorda raqobatni yaratiş böyiça körilayotgan çora-tadbirlarga qaramay, mahsulotlar narxining oşişi muqarrar.
RFda 2025 yilgi budjet loyihasi birinçi öqişda ma’qullandi
Davlat dumasi 2025-2027 yillarga möljallangan federal budjet loyihasini birinçi öqişda qabul qildi. Bu haqda 24 oktyabr kuni Federal majlis quyi palatasi saytida ma’lum qilindi.
2025 yilda federal xarajatlar 41 trillion 469 milliard rublgaça oşadi. 2018 yildan buyon ularning hajmi 2,5 barobar oşdi – 16 trillion 713 milliard rubldan, dedi rais Vyaçeslav Volodin.
2026 yilda tegişli körsatkiç 44 trillion rublni, 2027 yilda 45,9 trillion rublni taşkil qiladi.
Milliy mudofaa uçun budjet mablağlari — oçiq va yopiq bandlar doirasida — 2025 yilda 13,49 trillion rublga yetadi, 2026 yilda 12,7 trillion rublga, 2027 yilda esa 13 trillion rublga yetişi kutilmoqda.
Armiya va xavfsizlik kuçlariga sarflanadigan xarajatlar budjetning 40 foizini taşkil etadi va ijtimoiy sohaga rejalaştirilgan mablağlardan (6,49 milliard) 2,5 barobar, soğliqni saqlaşdan (1,86 milliard) esa 9 barobar köp böladi.












