Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda “Transport va Logistika – TransUzbekistan 2018” XV xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
14-16 noyabr kunlari Toshkentda “Transport va Logistika – TransUzbekistan 2018” XV xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, u transport sanoatining yetakchi kompaniyalarini bir maydonda jamlaydi. Iteca Exhibitions kompaniyasi Matbuot xizmati Kun.uz'ga shu haqida xabar berdi.
TransUzbekistan transport sanoatining O‘zbekistondagi yagona ixtisoslashgan ko‘rgazmasi bo‘lib, unga qiziqish yildan yilga o‘sib bormoqda. Joriy yilda ko‘rgazmada Turkiya, Xitoy, Ozarbayjon, Rossiya, Belarus, Eron, Qozog‘iston, Latviya, Litva, Turkmaniston, O‘zbekiston va boshqa qator mamlakatlarning 40 dan ortiq kompaniyasi ishtirok etadi.
Ko‘rgazmada transport-logistika xizmatlari, harakatdagi poyezdlar va temir yo‘l infratuzilmasi, avto ehtiyot qismlar, tijorat transporti, yo‘l infratuzilmasi, trafik va xavfsizlik hamda tegishli xizmatlar taqdim etiladi.
Transport va Logistika ko‘rgazmasi 2003 yildan beri O‘zbekiston Xalqaro ekspeditorlar (UIFA), Xalqaro avtomobilda tashuvchilar (AIRCUZ) hamda Bojxona brokerlari uyushmalari ko‘magida o‘tkazib kelinmoqda.
“O‘zekspormarkaz” MKKda bo‘lib o‘tadigan «TransUzbekistan 2018» ko‘rgazmasining tashkilotchisi - Iteca Exhibitions Xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi. Loyiha hamkori - Kongress Servis kompaniyasi.
«TransUzbekistan 2018» ko‘rgazmasi – biznes aloqalarni o‘rnatish, transport va logistika bozori professionallari o‘rtasida yuqori maqomni mustahkamlash uchun zamonaviy maydon.
Ko‘rgazmada ishtirok etish uchun quyidagi havoladan foydalanish mumkin: bit.ly/on-reg
Telefon: + (998 71) 205 18 18
Faks: + (998 71) 237 22 72
www.trans.uz e-mail: [email protected]
Mavzuga oid
19:25 / 29.04.2026
Avtomobilni jarima maydonidan olib chiqish bo‘yicha elektron murojaat qilish tartibi belgilandi
20:20 / 15.11.2025
O‘zbekistonning 24 ta transport-logistika markazi quruqlik portlari maqomini oldi
12:24 / 08.08.2025
Milliy tashuvchilar og‘ir yuklarni to‘g‘ridan to‘g‘ri Xitoydan tashishni boshladi
15:32 / 05.06.2025