Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy tashuvchilar og‘ir yuklarni to‘g‘ridan to‘g‘ri Xitoydan tashishni boshladi
Mamlakatda sanoat, energetika, qurilish va boshqa ko‘plab sohalarda amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari sabab katta hajmli va og‘ir vaznli nostandart yuklarni xalqaro yetkazib berishga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda.
Shikast yetkazmasdan qismlarga ajratish imkoniyati bo‘lmagan o‘ta og‘ir uskunalar, turli sanoat agregatlari, elektrostansiya qurilmalari, katta hajmli metall konstruksiyalar shu kabi yuklar sirasiga kiradi. Logistika tilida bunday nostandart yuklarini tashish bilan bog‘liq yirik operatsiyalar loyihaviy yuk tashuvlari deb ataladi.
Milliy tashuvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlar natijasida o‘zbek milliy tashuvchilari ilk marotaba Xitoy Xalq Respublikasidagi ishlab chiqaruvchi korxonalar hududidan katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida to‘g‘ridan to‘g‘ri tashuvlarini amalga oshirishni boshladi.
Ayni damda har birining og‘irligi 270 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk modullari maxsus transport vositalarida Xitoydan Surxondaryo viloyatiga yetkazilmoqda. Mazkur yuk modullari Surxondaryo viloyatida qurilayotgan issiqlik elektr stansiyasi uchun ishlab chiqarilgan uskunalardir.
Tashuv aniq belgilangan yo‘nalish bo‘yicha tegishli ruxsatnoma asosida amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
19:25 / 29.04.2026
Avtomobilni jarima maydonidan olib chiqish bo‘yicha elektron murojaat qilish tartibi belgilandi
20:20 / 15.11.2025
O‘zbekistonning 24 ta transport-logistika markazi quruqlik portlari maqomini oldi
15:32 / 05.06.2025
O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston yo‘lagida birinchi marta yuk tashildi
21:54 / 10.06.2024