21:40 / 06.11.2018
33533

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 noyabrdagi qaroriga muvofiq, Sarvarxon Munavarxonovich Buzrukxonov Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Sarvarxon Buzrukxonov ushbu lavozimga tayinlanishidan oldin Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining Moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

U endi vazirning moliya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hisoblanadi.

Sarvarxon Buzrukxonov  1969 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, 1993 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inom Majidovning 4 nafar o‘rinbosari bor. Bular Sarvarxon Buzrukxonovdan tashqari, birinchi o‘rinbosar Odil Abdurahmonov, shuningdek, Kasb-hunar ta'limi markazi direktori Murodilla Xolmuhamedov va fan bo‘yicha o‘rinbosar Uzoqboy Begimqulov hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top