Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi rahbariyati tarkibida kuzatilayotgan özgarişlar ortidan Inom Majidov ham yangi lavozimda iş boşlaşi kutilyapti.

Kun.uz manbalariga köra, ayni paytda uning Özbekiston milliy universitetida iş boşlaşi muhokama qilinmoqda. 

Sayt muxbiri mazkur xabarga aniqlik kiritiş maqsadida vazirlik matbuot xizmati rahbari Farhod Babaşev bilan boğlandi. Ammo Babaşev bu haqda özida biror ma'lumot yöqligini ma'lum qildi.

«Bilmaymiz. Bu hali noma'lum. Qölimizda fakt yöq. Biror yangilik bölsa, aytamiz», – dedi u.

Ma'lumot uçun, ayni vaqtda Milliy universitet rektori Avazjon Marahimov hisoblanadi. U 2016 yil oktyabridan buyon uşbu vazifada faoliyat yuritmoqda.

Avvalroq, Qonunçilik palatasi yiğilişida oliy va örta maxsus ta'lim vaziri lavozimiga Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toşqulov nomzodi körib çiqilgandi.

Deputatlar tomonidan Abduqodir Toşqulov oliy va örta maxsus ta'lim vaziri lavozimiga ma'qullandi. Endilikda u lavozimiga boş vazir taqdimoti va prezident farmoni asosida kirişişi mumkin.

Eslatib ötamiz, Inom Majidov 2016 yil sentyabridan oliy va örta maxsus ta'lim vazirining birinçi örinbosari, 2017 yil iyunidan esa vazir lavozimida faoliyat körsatmoqda.