Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Monako» klubi xo‘jayini hibsga olindi
Rossiyalik milliarder va “Monako” futbol klubi egasi Dmitriy Ribolovlev knyazlik prokuraturasi talabi bilan hibsga olindi. Bu haqda Le Monde nashri xabar berdi.
Ribolovlev korrupsiyada, “ta'sirni sotish” kabi jinoyatlarda gumon qilinmoqda. Uning Monte-Karlodagi uyida tintuv o‘tkazilgan.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, biznesmen Chempionlar ligasining “Monako” va “Bryugge” o‘yini oldidan hibsga olingan.
nrc.nl golland nashri Football Leaks platformasidagi ma'lumotlarga iqtibos keltirgan holda AIM golland kompaniyasi rahbari Bernard de Roos Ribolovlev bilan klubga fair play qoidalarini chetlagan holda pul sarmoya qilishda yordam beruvchi kelishuvni tuzganini ma'lum qilgan.
Shartnoma 2014 yilda tuzilgan. De Roos “Monako”ga 10 yil davomida 1,4 mlrd yevro keltirishga, ya'ni daromadni 10 marta ko‘paytirishga va'da bergan.
Ribolovlev fransuz klubining nazorat paketini 2011 yilda sotib olgan. 2,5 yil ichida u klubga 325 mln yevro sarmoya qilgan. nrc.nl’ning yozishicha, UYeFA oldin ham klubning moliyalashtirilishi manbalarini shubhali deb hisoblagan.
Biznesmen Forbes nashriga ko‘ra, rossiyalik milliarderlar ro‘yxatida 18-o‘rinni egallamoqda. Uning boyligi 6,8 mlrd dollarga baholanadi.
Mavzuga oid
23:28 / 23.04.2026
Dunyoda 1 million dollarga qanday ko‘chmas mulk sotib olish mumkin: Monakoda atigi 16 m2
10:20 / 13.11.2025
“Energoatom”dagi korrupsiya mojarosi - Kiyev uchun sinov
08:33 / 13.11.2025
Ukrainada korrupsiya mojarosi: “Energoatom”da iste’folar
09:33 / 09.10.2025