“Energoatom” milliy energetika kompaniyasida yirik korrupsiya sxemasi foş etilgandan keyin Ukrainadan yangiliklar birin-ketin kelmoqda: yetti nafar şaxs gumonlanyapti, ular orasida prezident Volodimir Zelenskiyning safdoşi Timur Mindiç va sobiq boş vazir örinbosari Aleksey Çernişov bor. Beş kişi qölga olindi. Prezident Zelenskiy tergov davriga vazifasidan vaqtinça çetlatilgan adliya vaziri German Galuşçenko va energetika vaziri Svetlana Grinçuk iste’foga çiqişi kerakligini bildirdi. 12 noyabr kuni boş vazir Yuliya Sviridenko vazirlar tegişli arizalarni allaqaçon topşirganini ma’lum qildi.

Ukraina hukumati navbatdan taşqari yiğilişda 100 foiz aksiyasi davlatga tegişli kompaniyaning kuzatuv kengaşi vakolatlarini töxtatiş va tezkor audit ötkaziş — jumladan amalga oşirilgan xaridlarni tekşiriş haqida qaror qabul qildi. Bu — Ukraina Milliy korrupsiyaga qarşi byurosi (NABU) va Ixtisoslaşgan antikorrupsiya prokuraturasi (SAP) tomonidan amalga oşirilgan “Midas” operatsiyasining ilk natijalaridir.

Tergov ma’lumotlariga köra, hokimiyatga yaqin şaxslar kirgan jinoiy taşkilot vakillari “Energoatom” kontraktlari qiymatining 10–15 foizi miqdorida “otkat” talab qilgan. Xususan, kontragentlarga körsatilgan xizmatlar va yetkazilgan tovarlar uçun tölovlarni bloklaşdan qoçiş yoki yetkazib beruvçi maqomini saqlab qoliş şarti sifatida “otkat” tölaş majburiyati yuklangan. Bularning barçasi Rossiya hujumlari oqibatida butun Ukraina böylab keng kölamli elektr uzilişlari kuzatilayotgan, energetik obektlarning köpçiligi yetarli darajada himoyalanmagan bir paytga töğri keldi.

Siyosiy doiralarda reaksiya uzoqqa çözilmadi. Hatto prezidentga yaqin “Xalq xizmatkori” partiyasi saflaridan ham tanqid yangradi. Oliy Rada korrupsiyaga qarşi siyosat qömitasi raisi, mazkur fraksiya deputati Anastasiya Radina, xususan, hukumat harakatlaridan noroziligini bildirdi.

«Adliya vazirini hukumat tomonidan vakolatdan çetlatiş — yetarli emas. Ikki (!) vazir yo iste’fo berişi, yoki Oliy Rada tomonidan böşatilişi lozim», — deb yozdi Radina Facebook’da. U Galuşçenko bilan birga ismi NABU va SAP e’lon qilgan audioyozuvlarda bevosita aytilmagan bölsa-da, bilvosita tilga olingan energetika vaziri Svetlana Grinçukni ham nazarda tutgan.

Muxolifat yanada qattiqroq tanqid bilan çiqdi. “Oqimlar (pul oqimlari) işqibozlari jamoasi heç qanday xariddan tiyilmagan. Himoya inşootlari? Albatta, “pulni yerga kömiş” (yozuvlardagi figurantlardan birining sözlari). Lekin zarur bölsa, bu yerda ham “özimiznikini” — 15 foizni boy bermaslik kerak. Qiziği, NABUning yangi foş etişlaridan söng prezident kim aniq energetikaning muhim uskunalarini himoya qilişni ta’minlamagani haqida tuşuntiriş beradimi?” — dedi “Golos” fraksiyasi deputati Inna Sovsun.