Jahon | 13:46 / 08.11.2018
6635
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Polshaga chorak asr mobaynida suyultirilgan gaz yetkazib beradi

Foto: Irina Polina/TASS

Polsha Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan suyultirilgan gaz yetkazib berish borasida shartnoma imzoladi. Bu haqda Polshaning PGNiG energetika kompaniyasi anjumanida e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda TASS. 

Uzoq muddatli savdo bitimi Cheniere Marketing International kompaniyasi bilan imzolangan bo‘lib, uning doirasida 2019-2022 yillarda Polshaga 0,73 mlrd m3 gaz yetkazib beriladi. 2023-2042 yillarda bu raqam 39 mlrd m3.ni tashkil etadi. Bu yiliga 1,95 mlrd m3 suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berilishini anglatadi. 

Umuman olganda 29,5 mln tonna suyultirilgan gaz Polsha kompaniyasiga sotiladi. PGNiG vakillarining qayd etishlaricha, AQSh suyultirilgan gazni «Gazprom» taklif etayotganidan 20-30 foiz arzon sotishga rozi bo‘lgan. 

Polsha yiliga 15 mlrd m3 iste'mol qiladi. Bu miqdorning 1/3 qismini mamlakat o‘z hududida qazib oladi, qolgani import qilinadi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid