Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyatidagi Kuyganyor gidrouzelining suvoqar qismi rekonstruksiya qilinadi
Andijon viloyatining Andijon tumanidagi Kuyganyor gidrouzelining xavfsiz ekspluatatsiyasini ta'minlash va uning quyi qismini yuvilishdan saqlash hamda Qoradaryo daryosining suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, shuningdek, Andijon va Farg‘ona viloyatlarining sug‘oriladigan ekin maydonlarini suv bilan kafolatli ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Qarorda bildirilishicha, yuz bergan davomli va kuchli sel va toshqinlar Qoradaryo daryosining o‘zan jarayonlarining faollashishiga va Kuyganyor gidrouzelida qo‘shimcha yemirilishlarga, suvoqarning temir-beton qurilmasi ostida bo‘shliqlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan hamda oqibatda gidrouzelni barqarorlashtirish bo‘yicha tezkor choralar qabul qilish zaruriyati yuzaga kelgan.
Shuningdek, «Andijon viloyatining Andijon tumanidagi Kuyganyor gidrouzeli quyi qismini yuvilishdan saqlash uchun himoyalovchi inshootni qurish» loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashiga tuzatishlar kiritilish talab etilgan.
Shu bois qaror bilan «Andijon viloyatining Andijon tumanidagi Kuyganyor gidrouzelining suvoqar qismini rekonstruksiya qilish va quyi qismini yuvilishdan saqlash uchun himoyalovchi inshootni qurish» loyihasi tuzatishlar kiritilgan texnik-iqtisodiy asoslashining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari tasdiqlandi.
Loyihaning amalga oshirilishini yakunlash muddati 2020 yil 1 aprel etib belgilandi.
Hujjatga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining «Andijon viloyatidagi Kuyganyor gidrouzelini yuvilishining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2017 yil 10 maydagi 263-son qarori o‘z kuchi yo‘qotdi.