Uyuşgan jinoyatçilik – mafiya tuşunçasi ötgan asrda juda ommalaşgan edi. Bunday guruhlarning a'zolari aholi orasida qörquv va xavotir tarqatiş bilan birga daromad keltiradigan deyarli barça sohalarni nazorat qilişardi. Ötgan asrning 90-yillari kinosanoatida, badiiy asarlarida  mafiya vasvasalari keng yoritilgani bejiz emas (masalan «Şaytanat» asari va filmi hamon ommabop). Davlat tomonidan ularga qarşi qattiq kuraşlar samarasi ölaroq, qolaversa bir-birlari bilan ziddiyatlar natijasida bunday guruhlar jilovlandi va köpçilik vakillari yo tobutga, yoki panjara ortiga tuşişdi. Xuddi şunday jarayonlar boşqa davlatlarda ham öta yirik kölamda keçgan. Bugun dunyoning eng kuçli mafiya guruhlari röyxati bilan tanişamiz.

Uyuşgan jinoyatçilikning «Mafiya» sözi bilan boğlanişi uzoq XIII asrga – Italiyaning Sitsiliya oroliga borib taqaladi. Öşa paytda orol aholisini nafaqat jazoirlik qaroqçilar, balki italyan boylariga xizmat qiluvçi fransuz askarlari ham talaşardi. Ularga qarşi 1282 yilda tuzilgan «Morete alla Francia, Italia anela» («Fransiya ölsin – Italiya erkin nafas olsin») şiori bilan iş boşlagan sitsiliyaliklar guruhi bu şiorning boş harflari jamlab tuzilgan «Mafia!» atamasini olişdi. Dastlab ezgu maqsadlarni közlagan bu guruh dehqonlar va kiçik savdogarlar kömagida juda kengayib ketdi hamda usta jangçilarga aylanişdi. Frantsuzlar quvilgaç, mafiya a'zolari boşqa duşmanlardan himoya qiliş şarti bilan aholidan ölpon yiğa boşladi. Keyinçalik, ölpon tölamaganlarni qattiq jazolaniş yölga qöyildi va asta-sekin uyuşgan jinoyatçilikning bunday turi ildiz ota ketdi.

XIX asrga kelib mafiya şu darajada qudratli kuçga aylandiki, Sitsiliyani Italiyadan ajratib oliş va isyonçi Juzeppe Garibaldi bilan ittifoq tuziş harakatiga tuşdi. Bunga javoban Italiyadan katta qöşin jönatildi va mafiya a'zolari qaqşatqiç mağlubiyatga uçradi. Şundan söng noçorlik ularning köpçiligini Yangi Dunyo – Amerika sari yöl olişga majbur qildi va ular AQŞga kelib ham yirik jinoiy tödalar tuzişdi. Bu haqda quyida yana töxtalamiz. Hozirça «dahşatli yettilik» haqida.

7. Alban mafiyasi

Bu kiçik va qoloq davlat özining köp sonli jinoiy guruhlari bilan nom qozongan. Asosan reket, kontrabanda, narkotik savdosi va fohişabozlikni nazorat qiliş ortidan daromad qiladi. Şuningdek, odam savdosi, avtomobillar öğirlaş, tamaki tarqatiş tizimini yölga qöyiş ham Alban mafiyasining doimiy ermagi. A'zolari öta şafqatsizligi bilan nom qozongan.