Italiya markaziy hukumati va Sitsiliya mintaqaviy hokimiyati oktyabr oyida xususiy investorlar hamda muhandislik kompaniyalari bilan orol va materikni boğlaydigan köprikni quriş loyihasini muhokama qilgan edi.

Messina böğozi orqali öquvçi köprik ğoyasi dastlab Rim imperiyasi vaqtida paydo bölgan. Ammo XIX, XX va XXI asrlardagi köplab loyihalarga qaramay, köprik qurilişi amalga oşmagan.

Şunday bölsa-da, Italiyada uşbu mavzu böyiça köplab hazillar mavjud va «Messina orqali köprik qurişsa» degan ibora ham paydo bölgan. Sitsiliyani materik bilan boğlaş borasidagi oxirgi loyihalardan biri 2020 yilda taqdim etilgan — unga köra suvosti tunneli qurilişi kerak edi.

Hozirda mamlakat hukumati yana köprik quriş ğoyasiga qaytgan. Uzunligi 3,6 ming metrni taşkil etadigan köprik osma konstruksiyaga ega böladi. U dunyodagi eng uzun osma köprikka aylanişi mumkin.

Rejaga köra, köprik 7,5 balli zilzila va soatiga 300 kilometrgaça tezlikda esadigan şamollarga ham bardoş beradi. Köprik uçta avtomobil polosasi va temiryöl kötarmasiga ega böladi. Loyiha mualliflarining hisoblaşiça, köprik soatiga 6 mingtagaça yengil va yuk maşinalarini hamda kuniga 200 tagaça poyezdni ötkaziş imkoniyatiga ega. Quriliş işlari qariyb olti yil davom etadi. Loyiha qiymati 4,6 milliard yevro. Temiryölni quriş bilan boğliq xarajatlarning bir qismini Yevropa Ittifoqi öz zimmasiga oladi.