Sport | 11:30 / 11.11.2018
7227
2 daqiqa o‘qiladi

«Bavariya»ning gegemonligiga barham berilishi mumkin. Jamoa keyingi 8 yildagi eng yomon natijasini qayd etmoqda

«Bavariya» Germaniya chempionatining 11-turida Dortmundning «Borussiya» klubiga yutqazdi (2:3).

Myunxenliklar klubi endilikda 11 turda 20 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida uchinchi o‘rinda ketmoqda. Jamoa turnir jadvali peshqadami bo‘lmish dortmundliklardan 7 ochko ortda qolgan. Startdagi 11 turda 20 ochko olish – «Bavariya»ning keyingi 8 yildagi eng yomon ko‘rsatkichidir.

2010/11 yilgi mavsumda Lui van Gaal jamoasi mavsum boshidagi 11 o‘yinda 16 ochko olgandi. O‘sha mavsumda «Bavariya» ikkinchi o‘rinni egallagan.

Shu turdayoq myunxenliklar beshinchi o‘ringa tushib ketishi mumkin. Buning uchun «RB Leyptsig» «Bayyer»ni, Frankfurtning «Ayntraxt» klubi – «Shalke»ni yengishi kerak bo‘ladi. Ayni vaqtda ikkinchi o‘ringa shu turda navbatdagi g‘alabasiga erishgan va ochkolari sonini 23taga yetkazgan «Borussiya» Menxengladbax chiqib olgan.

Opta ma'lumotiga ko‘ra, «Bavariya» hali hech qachon 11 turdan keyin turnir jadvali peshqadamidan 7 ochko qolgan mavsumida chempion bo‘la olmagan. 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid