Jamiyat | 10:58 / 12.11.2018
3307
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘ng‘irotda bojxonachilar uchun xizmat uyi bunyod etiladi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

2018 yilning 7 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasining “Dovud ota” chegara bojxona posti hamda “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari uchun 2 ta ikki qavatli 16 xonadondan iborat xizmat uylari qurish bo‘yicha farmoyish qabul qilindi.

Buning uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani hokimligi tomonidan 5904,0 m.kv. yer maydoni ajratildi.

Ayni paytda Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi bilan hamkorlikda obekt qurilishi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda KUN.UZ’ga Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ta'kidlash joizki, “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunga binoan uy-joy olishga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topilgan bojxona organlari xodimlari uy-joy maydoni olish huquqiga ega bo‘lishdi. Bojxona organlari xizmat uy-joy fondini tashkil etishi mumkinligi belgilab qo‘yildi. Endilikda bojxona organlari xodimlariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pullik kompensatsiya to‘lanadi. Shuningdek, bojxona organlari xodimlariga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar olish va yakka tartibda uylar qurish uchun yer uchastkalari olish huquqi berildi.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid