Tojikiston MXDQ: Rossiya harbiy bazasida terakt rejalashtirilmagan
Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining rasman ma'lum qilishicha, Dushanbedagi 201-Rossiya harbiy bazasi komendaturasida hech qanday terakt rejalashtirilmagan. Bu haqda avvalroq qator ommaviy axborot vositalari xabar bergandi.
«Biz 201-Rossiya harbiy bazasi yonida terakt sodir etishga uringan radikallar guruhi qo‘lga olingani haqidagi ma'lumotni rad etamiz. Bu ma'lumot noto‘g‘ri. Biz hech kimni qo‘lga olmadik hamda hech qanday teraktga tayyorgarlik ko‘rilmagan», - deya aytib o‘tdi MXDQ matbuot xizmati rahbari Dilshod Abdualimov «Aziya-Plyus» nashriga.
IShID tarafdorlari 201-Rossiya harbiy bazasi komendaturasi va Dushanbedagi Rossiya maktabini portlatib yubormoqchi bo‘lgani haqidagi ma'lumot 13 noyabr kuni ertalab qator OAV tomonidan Tojikiston MXDQdagi manbaga asosan tarqatildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 4 noyabr kuni 12 kishidan iborat guruh qo‘lga olingan. Guruh yetakchisi Vahdat shahrida yashovchi Suhrob ismli shaxs bo‘lgan. Qayd etilishicha, u ilgari Qirg‘iziston va Eronda bo‘lgan, keyin Turkiya hududi orqali Suriyaga o‘tib, IShID safida jang qilgan.
Mavzuga oid
23:06 / 31.10.2024
Xitoy Xaynan oroli va Janubiy Xitoy dengizida 50 mlrd dollarlik harbiy obektlarni qurdi
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024
Tojikistonda Counter Strike va GTA videoo‘yinlarini taqiqlash taklif qilindi
15:00 / 19.10.2024