Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» jamg‘armasi qochqinlarga pul ajratdi
«Barselona» jamg‘armasi Gretsiya, Livan va Italiyadan qo‘nim topgan qochqinlarga 6 million yevro yordam puli ajratishga qaror qildi.
Bu voqeaga bag‘ishlangan maxsus tadbirda «Barselona» jamg‘armasi vakili sifatida klubning sobiq himoyachisi Lilian Tyuram ishtirok etdi. U 4 kun davomida Livanda bo‘lgan edi.
«U yerda futbol dunyoni o‘zgartira olishiga ishonch hosil qilasiz, chunki o‘ynayotgan bolalarning hammasi tengdir», – dedi Tyuram.
«Barselona» vitse-prezidenti Jorji Kardoner nega klub bu tadbirda ishtirok etayotganini tushuntirdi.
«Biz bu tadbirda ishtirok etishga qaror qildik. Dunyoda 68 million qochqin bor, ularning yarmi bolalardir. Ular bu nizolar uchun javobgar emas va biz ularning har biri yana o‘z qadr-qimmatiga ega bo‘lish hissini tuyishini istaymiz», - deb Kardoner so‘zlarini keltirmoqda Marca.
Mavzuga oid
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026
«Arsenal»da yirik g‘alaba, «Barsa» bugun chempion bo‘lishi mumkin
12:33 / 26.04.2026