O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi qaratilgan tanlovlar o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligini munosib nishonlash maqsadida “Konstitutsiya-taraqqiyotning mustahkam huquqiy poydevori“ targ‘ibot oyligi doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni barvaqt oldini olish maqsadida 5 ta ijtimoiy-huquqiy yo‘nalishdagi loyihalarni amalga oshirmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni targ‘ibotini yoshlar o‘rtasida yo‘lga qo‘yish maqsadida joylarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi” mavzusida huquqiy profilaktik tadbirlar o‘tkazilib kelinyapti. Barcha tuman-shaharlarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan 23 mingdan ortiq tadbirlar tashkil etilib, bu orqali 378 mingdan ortiq yoshlarni bir maqsad atrofida birlashtirish qamrovi rejalashtirildi.
Targ‘ibot oyligi doirasida ijodiy tanlovlar o‘tkazildi
Oliy ta'lim muassasalari talabalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda umumta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan “Biz yoshlar yurtimizga xizmat qilishda vijdonli, insofli va halol bo‘lishimiz shart” shiori ostida “Eng yaxshi plakat”, “Eng yaxshi surat”, “Eng yaxshi bayon” nominatsiyalari bo‘yicha ko‘rik-tanlovlar tashkil etildi. Tanlovning mahalliy bosqichlari sentabr-oktabr oylarida kasb-hunar ta'limi muassasalari hamda oliy ta'lim muassasalari talaba yoshlari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Hozirda tanlovning hududiy bosqichlariga start berilib, unga dastlabki qadam Toshkent viloyatidan boshlandi. Joriy yilning15 noyabr kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahar Tibbiyot kasb-hunar kollejida akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovda “Eng yaxshi bayon”, “Eng yaxshi surat”, “Eng yaxshi plakat” nominatsiyalari bo‘yicha bellashildi.
Ko‘rik-tanlov yakuniga ko‘ra “Eng yaxshi bayon” nominatsiyasida Toshkent tumani maishiy xizmat va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Aziza Ismoilova mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. “Eng yaxshi surat” nominatsiyasida esa Yangiyo‘l tumani xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Shavkat Rahimberdiyev muvaffaqiyat qozondi. “Eng yaxshi plakat” nominatsiyasining g‘alabasi Bekobod shahar qurilish va kommunal xo‘jalik kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Islom Inayatovga nasib etdi. G‘oliblar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyat Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari hamda diplomlar bilan taqdirlanib, Respublika bosqichi yo‘llanmasiga sazovor bo‘lishdi. Hududiy bosqich Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ham o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida “Obod yurtning baxtiyor farzandlarimiz” shiori ostidagi tanlov tashkil etildi. Unda nazm, nasr va publitsistika yo‘nalishlari bo‘yicha bellashildi. Nazm yo‘nalishida Zeboxon Xudoyberdiyeva, nasr yo‘nalishida Islomjon Ibodullayev, publitsistika yo‘nalishi bo‘yicha Muhibaxon Ismatullayeva oliy o‘rinlarni egalladi. G‘oliblar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
“Konstitutsiya-taraqqiyotning mustahkam huquqiy poydevori” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyat Yakkabog‘ tumanidagi 36-sonli umumta'lim maktabida “Armiya mening nigohimda” loyihasi doirasida “Armiya va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Yakkabog‘ tuman Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Qashqadaryo viloyat bo‘limi harbiy qismi, Yakkabog‘ tumani “Istiqbol” MFY raisi, o‘qituvchi murabbiylar hamda 450 nafar o‘quvchi-yoshlar qatnashdi. Bundan tashqari, Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudida “Sud va yoshlar“ uchrashuvi tashkil etildi. Unda yoshlarning sud va huquq tizimi borasidagi bilimlari mustahkamlandi.
O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan “Obod yurtning hur hilpirar bayrog‘i” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti rektori — Ibrohim Jo‘rayev, Amir Temur ilmiy ekspeditsiyasi rahbari — Faxriddin Ashrafxo‘jayev, tarix fanlari doktori – Shohista O‘ljayeva, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi raisi – Dilyor G‘aniyev, Milliy tiklanish partiyasining Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi —Shukur Nazarov hamda 250 nafar talabalar qatnashdi. Tadbirda mutasaddilar tomonidan talaba yoshlarga Davlat ramzi to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar taqdim qilindi.
Yoshlar korrupsiyaga qarshi kurashuvda faol
—Targ‘ibot oyligi mobaynida o‘tkazilayotgan chora-tadbir va ko‘rik tanlovlarda bugungi kunga qadar jami 1 milliondan ortiq talaba yoshlarning ishtirok etganligi ularning korrupsiyaga qarshi kurashishda faolligidan dalolat beradi, — deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bo‘lim mudiri Akmal Alimov. — Mazkur ko‘rik-tanlovlar yoshlar huquq va manfaatlarini har tomonlama himoya qilish, ularning jamiyat hayotida o‘z o‘rinlarini topishga ko‘maklashish, yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Targ‘ibot oyligidagi chora-tadbirlar orqali yoshlarning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligi oshirilmoqda
—“Konstitutsiya-taraqqiyotning mustahkam huquqiy poydevori” targ‘ibot oyligida asosan, yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilimlarini yanada mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi, — deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyat Kengashi Ijtimoiy-huquqiy masalalar va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi mudiri Hayitbek Bekmurodov. — Yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, iqtidorli yoshlarni aniqlash, jamiyat hayotidagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish bosh maqsadimizdir.
Mavzuga oid
16:21 / 12.11.2024
1,5 mingga yaqin boshqaruv xodimi qonunga zid tarzda tadbirkorlik qilayotgani aniqlandi
23:25 / 09.11.2024
Samarqandda Qurolli kuchlar xizmatchisi, soliqchi, Milliy gvardiya va kadastr xodimlari pora bilan ushlandi
16:01 / 05.11.2024
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti talabgorlarini tanlash tartibi belgilandi
19:41 / 30.10.2024