Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Times: Britaniyada Brexit’ning kelishuvsiz yuz berishi ehtimoliga favqulodda reja tuzilmoqda
Britaniyaning harbiy rejalashtirish bo‘yicha mutaxassislari Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan Brexit bo‘yicha kelishuvsiz chiqishi holatiga favqulodda choralar qabul qilishga tayyorlanishmoqda. Bu haqda The Sunday Times nashri Britaniya armiyasidagi manbaga iqtibos keltirgan holda ma'lum qildi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, harbiylar teraktlar holatida politsiyaga yordam beradigan Temperer operatsiyasi borishini nazorat qiluvchi 20 ga yaqin zobit Brexit’ning kelishuvsiz yuz berishi ehtimoliga tayyorlanishni tezlashtirish buyrug‘ini olgan. Guruh harbiylar politsiyaga jamoat tartibini saqlashda qanday ko‘mak ko‘rsata olishi, shifoxonalar dori-darmon bilan qay yo‘sinda ta'minlanishi va Buyuk Britaniyani qit'a bilan bog‘lovchi parom kechuvi bor bo‘lgan Kent grafligida transport kollapsiga qanday qilib yo‘l qo‘ymaslikka o‘z e'tiborini qaratadi.
Brexit bilan bog‘liq holda umumiy hisobda 10 ming harbiy, jumladan kun bo‘yi navbatchilikda bo‘ladigan 1,2 minglik shaxsiy tarkib qisqa fursatlarda jalb etilishi mumkin.
London va Bryussel o‘rtasida Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqadigan shartlar bo‘yicha muzokaralar 2017 yil 19 iyunda boshlangan.
Mavzuga oid
19:09 / 14.07.2026
Elektromobillarda eng ko‘p uchraydigan nosozliklar ma’lum qilindi
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026