Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shifokorlar onalarga farzandlari so‘rg‘ichini so‘rib turishni tavsiya qilishmoqda
Amerikalik immonologlar ota-onalarni farzandlari organizmi mustahkamlanishi uchun vaqti-vaqti bilan ularning so‘rg‘ichlarini so‘rib turishga chaqirishmoqda. Bu haqda Xinhua axborot agentligi xabar berdi.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, so‘rg‘ichni so‘rib turgan ota-onalarning farzandlarida allergiya va astma bilan bog‘liq antitanalar kamroq darajada kuzatilgan. Shifokorlarning aytishicha, shu tariqa ota-onalar og‘iz bo‘shlig‘ida yashovchi foydali bakteriyalar ularning so‘laklari orqali farzandlariga o‘tadi. Bu bakteriyalar go‘daklarning immun tizimi rivojlanishiga ko‘mak beradi.
Mutaxassislar tadqiqot doirasida 128 onadan farzandlari so‘rg‘ichini qay yo‘sinda (qaynoq suvda yoki idish yuvuvchi mashinada sterilizatsiya qilish, sovun bilan yuvish yoki og‘izda so‘rib) tozalab turishlarini so‘rashdi. Aniqlanishicha, 30 ona bolasi so‘rg‘ichini sterilizatsiya qilgan, 53 nafari sovun bilan yuvgan, 9 nafari esa so‘rish yordamida tozalagan.
Mutaxassislar bolalarning tug‘ilgan vaqtlaridagi hamda 6 va 18 oyligidagi IgE darajasini taqqoslashgan. IgE allergiya va astma rivojlanishi bilan bog‘langan antitanalar turi hisoblanadi. Aniqlanishicha, onalari so‘rg‘ichlarini so‘rgan bolalarda 18 oyligida IgE darajasi past bo‘lgan. Biroq ilk farqlar bolalarning 10 oyligidan keyin sezila boshlanadi.
Mavzuga oid
22:52 / 22.05.2026
Yaponiyada 70 yillik xato tufayli allergik «portlash» yuz berdi
12:48 / 12.12.2025
Dekabrning ilk haftasi: respublika hududlarida allergenlar holati ma’lum qilindi
22:23 / 17.05.2025
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
21:21 / 06.04.2025