Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblarga harbiy bosim o‘tkazish kerak – Pentagon
Foto: Anadolu Agency
Ayni vaqtda “Tolibon” Afg‘onistondagi urushda yengilmayapti. Bu haqda AQSh shtablari boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi, general Jozef Danford aytib o‘tdi.
“Haqiqat uchun aytish kerakki, o‘ylashimcha, ayni vaqtda toliblar yengilmayaptilar”, deb aytgan Danford Kanadaning Galifaks shahrida xavfsizlik bo‘yicha o‘tgan xalqaro anjumanda.
Uning aytishicha, Afg‘onistondagi ixtilofni harbiy yo‘l bilan hal qilib bo‘lmaydi.
Generalning ta'kidlashicha, AQSh va uning NATO bo‘yicha ittifoqdoshlari toliblarni tinchlik bo‘yicha muzokaralarga qo‘shilishga ko‘ndirish uchun ularga harbiy, siyosiy va iqtisodiy bosim o‘tkazishi kerak.
“Toliblar bir kun kelib Afg‘onistondagi tinchlik jarayoniga qo‘shilishlariga to‘g‘ri kelishini bilishadi. Toliblarni muzokaralarga ko‘ndirish uchun bosim qo‘llash muvaffaqiyat qozonish kaliti hisoblanadi”, deb aytgan Pentagon vakili.
Danford Afg‘onistonda keyingi yilda o‘tishi rejalashtirilayotgan saylovlarning ahamiyati haqida gapirar ekan, toliblar bilan kelishuvga kelish uchun uzoq yo‘lni bosib o‘tishga to‘g‘ri kelishini ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
12:23 / 02.05.2026
Avstriya afg‘on muhojirlarini O‘zbekiston orqali deportatsiya qilishni rejalashtiryapti
11:34 / 28.04.2026
“Imperiyalar qabristoni” – nega yirik davlatlar Afg‘onistonni bo‘ysundira olmagan?
23:39 / 27.04.2026
Pokiston afg‘on universitetini o‘qqa tutdi: 7 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi
11:30 / 23.04.2026