21:39 / 20.11.2018
17699

O‘zbekiston U23 terma jamoasi «Dubai Cup 2018» turniri g‘olibi bo‘ldi

BAAda «Dubai Cup 2018» musobaqasi yakuniga yetdi.

So‘nggi turda O‘zbekiston U23 terma jamoasi Kuvayt bilan bellashib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Natijada, hamyurtlarimiz 3ta o‘yinda 7 ochko jamg‘arib, turnirda 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Avvalroq Ravshan Haydarov shogirdlari Yaponiya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynab, BAAni 2:0 hisobida yenggan edilar. 

5 ochko jamg‘argan Yaponiya yoshlari ikkinchi, 3 ochko jamg‘argan BAA uchinchi bo‘ldi. Birorta ochko jamg‘arolmagan Kuvayt oxirgi o‘rinda qoldi.

Dubai Cup 2018
3-tur
O‘zbekiston U23 – Kuvayt U23 1:0
Yaponiya U23 – BAA U23 1:1

Top