Jahon | 10:46 / 21.11.2018
4685
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh venesuelalik mediamagnatni 1 mlrd dollar pora berishda aybladi 

Foto: El Estímulo

AQShning Mayami shahrida yashovchi, Globovision telekanali egasi 50 yoshli venesuelalik mediamagnat Raul Gorrin Balisario pul yuvishda va 1 mlrd dollar pora berishda ayblanmoqda. Bu haqda AQSh adliya vazirligida ma'lum qilindi.

Shuningdek, ushbu ish bo‘yicha AQShning 2 rezidenti – venesuelalik sobiq g‘aznachi, 54 yoshli Alexandro Andrade va Dominikan Respublikasidagi Banco Peravia bankining sobiq egasi, 50 yoshli Gabriel Ximenesga ayblovlar qo‘yilgan. 

Adliya vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, Balisario Andrade va venesuelalik yana bir amaldorga maqbul kurs bo‘yicha valyuta tranzaksiyalarini amalga oshirish huquqini olish uchun millionlab dollar to‘lagan. Mediamagnat, shuningdek, o‘z sheriklariga xususiy samolyotlar, yaxtalar, uylar va qimmatbaho otlar sotib olishda ayblanmoqda. Ayblanuvchilar jinoiy sxemaning ishlashini ta'minlash uchun bir qator soxta kompaniyalardan foydalanishgan. Shuningdek, mediamagnat Banco Peravia orqali pullar yuvgan. 

Andrade 1 mlrd dollardan ko‘proq pora olishda o‘z aybini tan olib, AQSh hukumatiga shu miqdordagi aktivlarini o‘tkazib berishga rozi bo‘lgan. Ximenes ham Balisario bilan til biriktirganini tan olgan. Andradega 27 noyabrda, Ximenesga esa 29 noyabrda jazo hukmi chiqariladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid