Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Loyihalarni ekspertizadan o‘tkazish, qurilish va foydalanishga qabul qilishning yangi tartibi joriy etilmoqda
«Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi. Norma 2018 yil 1 dekabrdan boshlab kiritiladigan o‘zgartirishlar haqida sharh berdi.
Qurilish loyihasining smeta qismini ekspertizadan o‘tkazish
Belgilanishicha, 2018 yil 1 dekabrdan boshlab ishlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshirilayotganda qurilish loyihalarining smeta qismi majburiy ekspertizadan o‘tkazilmaydi. Qolgan hollarda, aksincha, qanday obekt bo‘lishidan qat'i nazar, smetani ekspertizadan o‘tkazish majburiy bo‘ladi.
Hozir qonunchilikda 2 turdagi ekspertizani o‘tkazish nazarda tutilgan:
• ayrim investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish – nafaqat smeta qismini o‘z ichiga oladi (qurilish bilan ham cheklanmaydi);
• shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish – qurilish masalalari bilan bevosita bog‘liq.
Biroq qabul qilingan Farmonda ekspertizaning qaysi turi haqida so‘z borayotgani aniqlashtirilmagan. Soha mutaxassislari bunda kompleks ekspertiza nazarda tutilgan degan fikrdalar.
Ma'lumot uchun: bugungi kunda moliyalashtirish manbai loyiha LBMA qoshidagi Markazda kompleks ekspertizadan o‘tkazilishi yoki o‘tkazilmasligiga jiddiy ta'sir ko‘rsatmaydi. Masalan, xususiy investorlar moliyalashtiradigan strategik foydali qazilmalarni kavlab olish va/yoki qayta ishlash loyihalari baribir kompleks ekspertizadan o‘tkazilishi shart. Hatto davlat kafolati ostidagi xalqaro moliya institutlari yoki xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalar esa – ekspertizadan o‘tkazilishi kerak emas. Buning o‘rniga XMI va XHMT ishtirokidagi loyihalar bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslanmalar ekspertizasi va hisob-kitoblarni Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi amalga oshiradi. Agar qabul qilingan Farmon aynan kompleks ekspertizaga daxl qilsa, hammasi butkul aksincha bo‘lishi mumkin.
Shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasi esa, agar u markazlashtirilgan manbalardan moliyalashtirilmasa, qurilishning smeta qismi bo‘yicha o‘tkazilmaydi va davlat ishtirokidagi tashkilot buyurtmachi sifatida ishtirok etmasdan o‘tkaziladi.
Qurilish obektlarini foydalanishga qabul qilish
Shuningdek 2018 yil 1 dekabrdan boshlab qurilishi tugallangan obektlarni foydalanishga qabul qilish qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi, kadastr organlari, buyurtmachi, pudratchi (bosh pudratchi) vakillari ishtirokida amalga oshiriladi. Davlat xaridlari sub'yektlari mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan obektlarni qurish bundan mustasno.
Eslatib o‘tamiz, hozir ShNQ 3.01.04-04 ga muvofiq foydalanishga qabul qilish 2 bosqichda: ishchi komissiya va davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ishchi komissiyalar tarkibi ko‘pchilikni tashkil etadi. Yuqorida ko‘rsatilgan a'zolardan tashqari unga foydalanish tashkilotlari, loyiha tashkiloti, sanitariya va yong‘in nazorati organlari vakillari va boshqalar kiradi. Bunda foydalanishga qabul qiluvchi komissiyalarning sonini ham, tarkibini ham qisqartirish haqida so‘z borayotgan ko‘rinadi.
«Fast-track» usuli bo‘yicha qurish
Bir vaqtning o‘zida loyihalashtirish, xarid qilish va qurilish ishlari («fast-track» usuli) bilan qurilishni amalga oshirishga ruxsat etildi. Biroq buning bir sharti bor – loyiha va pudrat tashkilotlari konsorsium (yuridik shaxsni tashkil etmagan birlashma) tashkil etishlari kerak. Konsortsium ishtirokchilari zimmasiga loyihani sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish uchun solidar javobgarlik yuklatiladi (kreditorlar istalgan konsorsium ishtirokchisidan butun qarzni qoplab berishini talab qilishlari mumkin).
2018 yil 1 dekabrdan bozor ishtirokchilariga «fast-track» usulidan erkin foydalanish imkoniyati beriladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan yangiliklardan tashqari hujjatda qurilish sohasini rivojlantirish bo‘yicha boshqa kompleks chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Masalan, 3 yil ichida loyihalash va qurilish bo‘yicha 465 ta normativ hujjat qayta ko‘rib chiqiladi, IHRTga a'zo mamlakatlarning sohaga oid sertifikatlar va litsenziyalar egalariga O‘zbekistonda ishlashga ruxsat beriladi, mutaxassislar malakasini esa Muhandislar-konsultantlar uyushmasi ta'minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq uy-joy qurilish obektlari energiya tejamkor uskunalar bilan majburiy jihozlanishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:18 / 20.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishining borishi bilan tanishdi
10:09 / 09.08.2025
Obektlarni Fast-track usulida qurishga ruxsat berish amaliyoti bekor qilinadi
23:49 / 04.08.2025
Hukumat “Sea Breeze Uzbekistan” qurilishini tasdiqladi
18:34 / 11.12.2024