Jahon | 08:42 / 21.11.2018
32119
3 daqiqa o‘qiladi

Tabiiy ofatlar yuz berishi nuqtai nazaridan eng xavfli davlatlar ma'lum qilindi 

Bündnis Entwicklung Hilft nemis jamiyati mutaxassislari tabiiy ofatlardan halok bo‘lish xavfi eng yuqori bo‘lgan davlatlar reytingini tuzishdi

Foto: AFP

Rur universiteti olimlari tabiiy ofatlar yuz berishi, mahalliy hukumatlarning bunday ofatlarga tayyorgarligi darajasini hisobga olgan holda, 171 ta davlat ma'lumotlarini tahlil qilib chiqishdi. 

Reytingga ko‘ra, sayyoramizdagi eng xavfli davlatlar Tinch okeanidagi Vanuatu va Tonga deb topilgan. Bu davlatlarda tabiiy ofatdan halok bo‘lish ehtimoli yuqori. Ushbu hududlar uchun zilzila, sunami va to‘fonlar eng katta xavf soladi. Shunday holat Filippinda ham kuzatiladi, bu yerda ko‘chki va vulqonlar otilishi xavfi yuqori.

Foto: AFP

Eng xavfli davlatlar toifasiga Markaziy Amerika, G‘arbiy va Markaziy Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari ham kiritilgan. 

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tabiiy ofatlar yuz berishi nuqtai nazaridan Qatar, Malta va Saudiya Arabistoni eng xavfsiz davlatlar deb topilgan.

“Falokatlar xavfi bir tekis taqsimlanmagan, ular asosan orol davlatlar va Okeaniya, Osiyo va Markaziy Amerikadagi past yoki o‘rta darajadagi daromadga ega davlatlarga to‘g‘ri keladi”, deb ta'kidlab o‘tishgan mutaxassislar. 

Foto: AFP

Dokladga ko‘ra, xavfsizlikning hal qiluvchi omili mamlakatning odamlar evakuatsiyasi va qutqaruv xizmatlarining tezkor javob berishini ta'minlaydigan yo‘llar va aeroportlarning yetarlicha miqdordaligi kabi infratuzilmasi hisoblanadi.

Tadqiqotchilar, shuningdek, elektr tarmoqlar barqarorligi, toza ichimlik suvi bilan ta'minlanganlik va yetarlicha miqdorda tibbiy muassasalar va xodimlar borligiga katta ahamiyat qaratishadi. 

Foto: AFP

Avvalroq sog‘liqni saqlash va xavfsizlik sohasidagi International SOS tashkiloti mutaxassislari Liviya, Afg‘oniston, Somali, Suriya, Yaman, Mali va Janubiy Sudanni 2019 yilda sayyohlar uchun eng xatarli joylar deb e'lon qilgandi.

Mavzuga oid