Turkiya (2023 yil)
2023 yilning 6 fevral tongida Turkiyada 7,8 magnitudali zilzila sodir bölib, 53 mingdan ortiq odam halok böldi. Şuningdek, qöşni Suriyada ham 9 mingga yaqin kişining ölimi qayd etilgan.
Tabiiy ofat Turkiyaning 11 ta viloyatida vayronagarçiliklarga olib keldi va 14 millionga yaqin fuqaroga bevosita ta’sir körsatdi. Butun mamlakat böylab 7 kunlik milliy motam e’lon qilindi.
Zilzila oqibatida Turkiya iqtisodiyotiga yetkazilgan zarar miqdori qariyb 84 milliard dollarni taşkil etgan bölişi mumkin.


Yaponiya (2011 yil)
Sönggi yillardagi eng vayronkor zilzilalardan biri, şubhasiz, 2011 yilning 11 mart kuni Yaponiya sohillari yaqinida sodir bölgan tabiiy ofatdir. Sohildan 72 km masofada, 30 km çuqurlikda keçgan tebranişlar magnitudasi 9 ballni taşkil qiladi. 6 daqiqa davom etgan zilzila natijasida balandligi 40 metrdan ortiq sunami kötariladi va aynan u eng katta talafotlarga sabab böldi. Senday aeroportini suv bosadi, «Fukusima» atom elektr stansiyasida esa avariya yuz beradi.
Rasmiy hisobotda bevosita qurbonlar soni 15 ming 892 kişi bölgani, 6 mingdan ortiq odam jarohatlangani keltirilgan. Mazkur tabiiy ofat yapon iqtisodiyotiga 198 mlrddan 309 mlrd dollargaça zarar keltirgani hisoblab çiqilgan.

Haiti (2010 yil)
2010 yilning 12 yanvarida Karib dengizi havzasida joylaşgan Haiti davlatida juda kuçli yer silkinişi yuz berdi. Zilzila episentri mamlakat poytaxti Port-o-Prensdan 22 km janubi-ğarbda, gipomarkazi 13 km çuqurlikda joylaşgandi. 7 magnitudali asosiy silkinişdan söng köplab zilzilalar qayd etildi, jumladan, ularning 15 tasi 5 magnitudadan yuqori edi. Olimlarga köra, Haitidagi zilzila Karib dengizi va Şimoliy Amerika litosfera plitalari örtasidagi aloqa zonasida yer qobiğining harakati natijasida yuz bergan.
2010 yil martdagi rasmiy ma’lumotlarga köra, halok bölganlar soni 222 ming 570 kişini taşkil etgan, 311 ming kişi jarohatlangan yoki mayib-majruh bölib qoladi, bundan taşqari 869 kişi bedarak yöqolgan. Moddiy zarar 5,6 milliard yevroga baholangan.



























