16 noyabr kuni energiya taşuvçilarning narxi oşirilgaç, respublikaning ayrim hududlarida avtomobillarga metan gaz quyiş şoxobçalari — gaz töldiriş kompressor stansiyalarida xizmatlar narxi keskin ösdi. Moliya vazirligi tahliliga köra, AGTKSlarda bir kubometr metan gaz narxi örtaça 300–400 sömga oşdi va kuzatilgan eng qimmat baho 2200 söm bölgani aytilmoqda.

Xöş, asl vaziyat nimadan iborat?

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi 897-sonli «Yoqilği-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqiçma-bosqiç özgartiriş töğrisida»gi qaroriga muvofiq, 16 noyabrdan boşlab avtomobillarga gaz töldiriş kompressor stansiyalariga (AGTKS) tabiiy gaz tarifi bir kubometr uçun 800 söm (QQS bilan) miqdorida örnatildi. Bundan taşqari, tadbirkor har bir kubometr hisobidan iste'mol soliği (2018 yil 1 noyabr holatiga köra, 305 söm), umumiy realizatsiyadan 5 foiz miqdorida tölovni amalga oşiradi.

Tadbirkor yuqorida körsatilgan tölovlardan taşqari, xodimlarga maoş, 16 noyabrdan oşirilgan narx böyiça elektroenergiya, amortizatsiya xarajatlarini qoplaşi, nihoyat, u ham daromad qilişi lozim.

Uşbu maqolani tayyorlaş davomida birorta ham avtomobilga gaz quyiş şoxobçasi rahbari barça xarajatlardan taşqari, bir kubometr gazdan qança foyda qilişini aytmadi. Mayli, birovning çöntagini kovlamaylik, şundoq ham hisob çiqib turibdi.

Sotuvdagi bir kubometr gazning tannarxi taxminan 1400 sömga tuşmoqda. KUN.UZ bilan suhbatlaşgan şoxobça rahbarlarining aytişiça, avtomobillarga gaz quyiş kompressor stansiyalari orqali 1 oyda 1 million kubometrga yaqin tabiiy gaz sotiladi. 16 noyabrga qadar realizatsiyadagi metan gazning narxi turli joylarda 1700 sömdan 1900 sömgaça bölgan. Şunday vaziyatda tadbirkor bir kubometr gazdan örtaça 400 söm foyda qiladi, 1 oyda esa 400 million söm sof foyda.

Tadbirkorlar esa negadir narxni oşirişga qaror qildi? Vaziyat özgardimi?

Ha, vijdon faqat «gaz zapravka»dan emas, balki mutasaddi taşkilotlardan ham qoçib ketgan körinadi. 16 noyabrgaça 289,74 sömlik ulgurji narxda sotilgan gazning bir kubometri uçun 500 sömlik maxsus investitsion ustama haqi ham undirib olingan. Masalan, bir kubometr gaz uçun tadbirkor 789 söm 74 tiyin tölagan. Sodda qilib aytganda, 15 noyabr pullangan metan gaz bilan 16 noyabrdagi ulgurji narxning örtasidagi farq bor-yöği 11 söm atrofida, elektroenergiyaning 40 söm atrofida qimmatlaganini inobatga olinsa, vahimali iş yuz bermadi.

Oçiğini aytganda, «gaz zapravka»lari talabidan kelib çiqib, resurs heç qaçon töliq yetkazib berilmagan. Şuning uçun, ularga gaz realizatsiyasida limit qöyiladi. Limitdan ortiq olingan gaz sarfi uçun 2 koeffitsiyentda, ya'ni bir kubometr uçun 289,74x2=579 söm 48 tiyin tölov belgilangandi. Şunday qilib, limiti tugagan şoxobça bir kubometr gaz uçun 1079,48 tiyin (500 söm maxsus investitsion ustama haqi bilan, ammo soliq va xarajatlar inobatga olinmagan) tölaydi.