Markaziy bank 2025 yilning sentabr oyi holatiga inflatsiya körsatkiçlarini e’lon qildi.

Umumiy yillik inflatsiya 2022 yilda 12,3 foiz bölgan, 2023 yilda pasayib, 8,8 foiz, 2024 yilda biroz oşib, 9,8 foiz, 2025 yil sentabr holatida 8 foizga tuşgan.

Narxi 10 foizdan yuqori oşgan tovar va xizmatlarning uluşi kamaygan, bunda:

  • 2022 yilda - 52 foiz;
  • 2023 yilda - 25 foiz;
  • 2024 yilda - 22 foiz;
  • 2025 yilning sentabr holatiga - 14 foiz.

Bu “yuqori inflatsiyali” elementlar soni kamayganini körsatadi. Natijada avvalgi yillardagi narx şoklari susaygan.

Oziq-ovqat mahsulotlari

Infografikaga köra, ba’zi oziq-ovqatlar narxi sezilarli darajada pasaygan, boşqalari esa keskin oşgan:

Yillik hisobda qovoq (-59,2 foiz), pomidor (-31,5 foiz), bodring (-30,7 foiz), baqlajon (-21 foiz), şaftoli (-20,5 foiz) va anor (-20,4 foiz) narxlari sezilarli darajada pasaydi.

Hisobot davrida quyidagi mahsulotlar narxlari ham sezilarli qimmatlagan:

  • Sabzi (+57,5 foiz);
  • Limon (+52,5 foiz);
  • Paxta moyi (+35,9 foiz);
  • Şolğom (30,8 foiz);
  • Karam (27,4 foiz);
  • Qöy göşti (26,8 foiz).

Nooziq-ovqat tovarlar

Nooziq-ovqat mahsulotlaridan propan (-19,7 foiz), qoğoz A4 (-3,7 foiz) va şpritslar (-0,4 foiz) foizga arzonlagan.

Oltin narxlari global bozorda rekord darajada qimmatlaşi zargarlik buyumlarida ham aks etgan – nikoh uzugi 33,4 foizga qimmatlagan.

Nooziq-ovqat mahsulotlari tarkibida metan (+30,6 foiz), gazeta (+15,3 foiz), benzin (+11,8 foiz), tabiiy gullar (10,9 foiz) narxlarida keskin qimmatlaşiş kuzatilgan.

Xizmatlar