Jahon | 13:11 / 22.11.2018
17948
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: Joxar Tsarnayev o‘lim jazosidan qochish uchun tergovga yordam berishni xohlagan
Boston marafonida portlashni tashkillashtirgani uchun o‘lim jazosiga hukm qilingan Joxar Tsarnayev umrbod ozodlikdan mahrum etishlari uchun o‘zini aybdor deb tan olishni xohlagan. Bu haqda NBC sud materiallariga tayangan holda xabar berdi.
Aniqlik kiritilishicha, Tsarnayev ayblov tomoniga yordam berishni taklif qilgan, ammo prokuratura kelishuvdan bosh tortgan.
Ta'kidlanishicha, Tsarnayev bunday taklif bilan bir necha bor chiqqan.
24 iyun kuni Joxar Tsarnayevga o‘lim jazosi rasmiy ravishda chiqarildi.
2013 yil 15 aprel kuni Boston marafoni paytida portlash sodir bo‘lgan, oqibatda uch kishi halok bo‘ldi va 260dan ortiq odam jarohat oldi. Tamerlan Tsarnayev politsiyachilar tomonidan o‘ldirildi, uning ukasi Joxar keyinchalik qo‘lga olindi.