Jahon | 23:03 / 22.11.2018
11550
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp chegarada zarurat bo‘lsa muhojirlarni o‘qqa tutishga ruxsat berganini aytdi

Foto: AP Photo / Andrew Harnik

AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalistlarga Meksika bilan chegaradagi harbiylarga u yerga kelgan muhojirlarni o‘qqa tutishga ruxsat berganini ma'lum qildi.

Trampning aytishicha, harbiylarga “zarurat paydo bo‘lsa, otishga ruxsat bergan”.

“Umid qilamanki, ular buni qilishlariga to‘g‘ri kelmaydi. Menda boshqa tanlov yo‘q, chunki ular shafqatsiz odamlarga to‘qnash kelmoqdalar”, deb aytgan Tramp.

Tramp Markaziy Amerikadan AQShga kelayotgan muhojirlardan himoyalanish maqsadida chegaraga bir necha ming harbiyni jo‘natgandi. Ta'kidlanishicha, AQSh mudofaa vazirligiga “mudofaa vaziri zarur deb hisoblagan harakatlarni amalga oshirishga” ko‘rsatma berilgan.

Jumladan, harbiylarga  “kuch qo‘llash, olomonni nazorat qilish bo‘yicha choralar ko‘rish, vaqtinchalik hibsga olish va qisqa tintuvlar o‘tkazishga” ruxsat berilgan.

Noyabr boshida Tramp harbiylar toshlar otadigan muhojirlarni o‘qqa tutmasliklarini aytgandi. U shu bilan birga bunday yo‘l bilan harbiylarga hujum qiladigan muhojirlar harbiylar sifatida baholanishlarini aytgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid