Samarqandning Payariq tumani Döstlik mahallasi. Bu yerdagi çöponlar hayoti tinç, ammo oxirgi yillarda “tinçlik” sözining ma’nosi ham özgarib ketdi. Endigina maktabni bitirgan Ahror iş izlab Rossiyaga yöl oldi. Bir neça oydan söng uning qamalgani, keyin uruşga jönatilgani haqida xabar keldi. Yana bir muddatdan söng yigit qişloğiga qaytdi... faqat tobutda.
Bu faqat bitta oilaning fojiasi emas – Rossiya qamoqxonalaridagi minglab özbek muhojirlari taqdirining yorqin bir misoli.
18 yoşli Ahror hayotda yangi qadam taşlayotgan paytda yöldan adaşgan emas, u şunçaki tirikçilik izlab ketgandi. Maktabni bitirib, imtihondan ötolmagan yigit “bir yil işlab, keyin öqiyman”, degan niyatda Rossiyaga yöl olgan.
Ahrorning onasi Nigora Ergaşeva voqeani şunday hikoya qiladi: “Öğlim Rossiyada yaxşi işlab yurgandi. Bir muddat umuman aloqaga çiqmay qoldi, qattiq xavotir oldik. Ukam ham işlaşga borib, tanişlari orqali aniqladi: öğlim qamalib qolibdi. Bu xabarni eşitib, dunyom qoronği böldi. Bundan ortiq fojia yöq, deb öyladim. Keyin bilsam, bu heç narsa emas ekan...
Rossiyaga borib, sudda qatnaşdim. Sudda bolamni bir marta quçoqlaşga ham ruxsat berişmadi. Ruslarga yalindim, Özbekistondan keldim, bolamni bir marta quçoqlay, deb yiğladim. Köz öngimda bolamni kaltaklab olib çiqib ketişdi”.
Bola 8 yilga qamaladi. Izolyatorda qiynoqqa solinib, öpkasini şamollatib qöyadi. Qamoqda davolaş örniga, faqat oğriq qoldiruvçi dori beriladi.
Advokatlar uçun sarflangan mablağ, sudlar, safarlar... bu oila şundoq ham borini sotib bölgandi.
“Oxirgi qoramolimizni ham sotdik, faqat bolamni soğ-omon körişni orzu qilardim. Komaga tuşib qolganini eşitib, pul jönatib yubordik”, – deydi Nigora opa.
Ahror ikki oy deganda tuzalib çiqadi, biroq yana tez-tez izolyatorga olinadi...
Uruş maşinasi töxtamadi…
Ota-ona öğlining qamalişini uyuştirilgan deb hisoblaydi.
Ahrorning otasi Sanjar Hamroyev özi kabi jabrlangan köplab ota-onalar bilan gaplaşganini aytmoqda. Uning xulosa qilişiça, özbeklar qamoqda qörqitilyapti.












