Avvalboşdan aytiş joiz, quyida bildiradigan fikrlar faqat bosma naşrlar, bosma ommaviy axborot vositalari xususida. Bu mulohazalarning boşqa şakldagi OAVga aslo aloqasi yöq.

Bugun mamlakatimizda bosma naşrlarda faoliyat körsatayotgan jurnalistlarning professional etikasiyu, ularning mahoratini oşiriş, qayta tayyorlaş böyiça seminar-trening va köplab loyihalar amalga oşirilmoqda, bu borada tinimsiz tortişuvlar, fikriy muhorabalar bölmoqda. Ayni holat qöpol bölsa-da, hali qurilmagan yoki yiqilib tuşiş xavfi bor uyga qanday gilam töşaymiz, qanday jihozlaymiz qabilidagi tortişişga öxşaydi. Çunki avval prioritetli masala bölgan savolga javob topiş zarur. Ya'ni, avval uyni qurişni yoki uning yiqilmasligi çorasini köriş kerak. Zero, hozir faqat mamlakatda emas, butun dunyoda bosma naşrlar bundan keyin mavjud böladimi yöqmi, degan savol dolzarb bölib turibdi.

Bosma naşrlar ommaviyligining pasayişi bir neçta tendensiyalarning ösişi bilan boğliq. Birinçisi, internetdan keng kölamda foydalaniş imkoniyatining oşib borişi. Taxminlarimizga köra, Özbekistonda internetdan foydalanuvçilar soni aholining 50-55 foizini taşkil etadi (albatta bularning barçasi aktiv foydalanuvçilar emas). Ikkinçi tendensiya – ijtimoiy tarmoqdan foydalaniş davomiyligi va jadalligining oşişi. Uşbu körsatkiç ham oşib bormoqda, hozirgi paytda ular örta hisobda bir kunda uç soatni taşkil etadi. Uçinçi öta muhim omil – mobil moslamalar sonining oşib borişi. Avvalo, planşet va smartfonlar soni ortib bormoqda, ulardan axborot oliş uçun foydalanilmoqda va köp jihatdan mazkur qurilmalar qoğoz örnini egallayapti. Törtinçi omil – uy kompyuteriga boğliq bölmagan holda tarmoqdan keng miqyosda foydalanişni amalga oşiriş imkonini beruvçi 5G tarmoqlarining qurilişi. U ta'minlaydigan tezlik hatto kiçik şahar va qişloqlarda har qanday kontent, şu jumladan, video va audioni yuklab oliş imkonini beradi.

Fikrimizça, gazeta va jurnallar kelajagining uçta asosiy ssenariysini belgilab oliş mumkin. Birinçi ssenariy yetarli darajada açinarli: aksariyat qismi yopilib ketadi. Bir qismi internetga köçişga harakat qiladi. Köpinça tarmoqqa ötiş - yopilişga birinçi qadam hisoblanadi. Buning sababi oddiy: ayni paytda internet-versiyani zamonaviylaştiriş muammoli hisoblanadi va yaqin kelajakda bu boradagi vaziyat tubdan özgarmaydi. Uşbu açinarli ssenariy asosan «ikkinçi» va «uçinçi» darajali  naşrlarga, ya'ni, öz segmentida yetakçi bölmagan naşrlarga tegişli. Yetakçilarga kelsak, ularning kelajagi kontentning sotilişi va homiylar moliyalaydigan materiallarning çop etilişi bilan boğliq.