Kun.uz'ga sud tizimi xodimlaridan murojaat kelib tuşdi. Unda muassisi Oliy sud va Sudyalar oliy maktabi bölgan naşrlarga sud sohasi vakillari majburiy obuna qildirilayotgani haqida söz boradi.

Ma’lum bölişiça, sud tizimi xodimlariga “ixtiyoriy-majburiy” tarzda obuna qildirilayotgan naşrlar quyidagilar:

  • “Oliy sudlov” – “Pravosudiye” jurnali — bir yil uçun 504 ming söm (12 ta son);
  • “Oliy sud axborotnomasi” – “Byulleten Verxovnogo suda” jurnali — bir yil uçun 300 ming söm (6 ta son);
  • “Kuç adolatda” gazetasi — bir yil uçun 338 ming söm (52 ta son);
  • “Odillik mezoni” jurnali — bir yil uçun 540 ming söm (12 ta son).

Yuqorida sanalgan birinçi uçta naşrning muassisi – Özbekiston Oliy sudi. “Odillik mezoni” esa – Sudyalar oliy kengaşi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining jurnalidir.

Manbaning sözlariga köra, sud tizimida işlovçi oddiy xodimlardan bu naşrlarning bir yoki ikkitasiga obuna böliş talab etiladi. Sudyalar esa törtala naşrning ham obunasini sotib olişi şart qilib qöyilgan.

“Bu holat har yili kuzatiladi. Obuna mavsumida bu masalaga alohida mas’ul xodim biriktirib qöyiladi, u oylik yoki avans tuşgan kunlari hamma xodimlardan kvitansiya sörab yuradi”, – deydi u.

Murojaatçining aytişiça, huquqiy naşrlarga obunadan taşqari, “ixtiyoriy-majburiy” tarzda kitob sotilişi holatlari ham uçrab turadi.

“Ötgan yili Şoxruh Akbarovning ikkita kitobdan iborat “Men özbekman” asarining ikkinçi kitobini 50 ming sömdan oldirişgandi. Bu yil yana xuddi şu kitobni 60 ming sömdan “ixtiyoriy-majburiy” tarzda sotişdi. Birinçi kitob bölganida ham mayli edi, ikkinçisini ötgan yili olgandik”, – deydi sud tizimi vakili.

Murojaatçining ayni iddaosini şu hududdagi boşqa sudda işlovçi manba ham tasdiqladi.