Masofaviy tarzda keçgani anglaşiladigan muloqot quyidagiça bölgan:

– Qani, şaharning nimasi, xalq ta’limi [bölimi boşliği]?

– Assalomu alaykum.

– Assalomu alaykum. Menga qara, obuna ixtiyoriy-majburiy, tuşundingmi?

– Tuşunarli!

– Qörqma, nimadan qörqasan? Yo Şörçining xalq ta’limi [bölimi boşliği]ga öxşayapsanmi sen ham?

– Yöq-yöq.

– Xalq ta’limi [boşqarmasi]dan kim bor hozir? Qani, Ilhom Oçiloviç Safarov (viloyat hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma’naviy-ma’rifiy işlari böyiça örinbosari, ungaça 2018-2021 yillarda viloyat XTB boşliği bölgan).

– Assalomu alaykum, Töra Abdiyeviç.

– Siz oğayni xalq ta’limidan çiqqansiz-da, boşqarma boşliği hozir kasal, hammasini yiğing, tuşuntiring domullalarga...

– Tuşundim, Töra Abdiyeviç, tört-beş kunda özgariş böladi... men nazoratga olaman.

– Ixtiyoriy-majburiy!

– Şunday böladi, Töra Abdiyeviç!

– Gapimni tuşundingmi, Angor?

– Töra Abdiyeviç, 3-4 ta qilmagani bor, bugun hammasi bilan gaplaşib, oxiriga yetkazib qöyamiz.

– Beş mingta obunadan mingtaginasini qilgan bölsang, qanday oxiriga yetkazib qöyasan, gapir?

– Taşkilotlar kesimida bilib olganmiz, Töra Abdiyeviç, [obuna] qilmaganlarni qildiramiz.

– Sen direktorlarni yiğib: “Obuna bölişimiz kerak, nima uçun qilmading, nima uçun bajarmading”, deb ayta olasanmi? Gaplaşa olasanmi yoki gaplaşa olmaysanmi?