Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vaziri: «Odamlar o‘z hayotida davlatni minimal darajada his etishi kerak»
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri avj olgan qog‘ozbozlik, ayniqsa turli darajada ma'lumotnoma so‘rashni kamaytirish haqida Kun.uz'ga o‘z fikrini bildirdi.
«Nimaga ayrim jarayonlarda u yoki bu hujjatlar kerak bo‘lyapti? Nega 3ta rasm emas, 2ta rasm topshiriladi, nimaga ariza yozish kerak, nega qandaydir ma'lumotnomalar olib kelish kerak? Mahalla hech qachon berilayotgan ma'lumotnoma uchun mas'ul bo‘lolmaydi. U bilmaydi, rostdan ham yashayaptimi yoki yo‘q. Buni davlat mutasaddi organlari biladi. Shuning uchun, mana shu tartib bekor qilindi», - deydi Ruslanbek Davletov.
Video: Tasi-IX
Video: You Tube
Vazirga ko‘ra, har bir fuqaro «qadam»ini yengil bosishi kerak. Odamlar o‘z hayotida davlatni minimal darajada his etishi kerak.
«Ular o‘z oilasi bilan bo‘lishi kerak, quvonchlari bilan yashashi lozim. Hayot shunday o‘tsinki, davlat bilan munosabat qilganda sezilmasin», - deydi Davletov.
Adliya vaziri taqdim etilayotgan barcha davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazishga tayyorligini, ammo bu xizmatlar o‘z o‘rnida aholiga yetib bormasligi mumkinligini bildirdi.
«Chunki, 50 foizdan ko‘p aholimiz qishloq joylarda yashaydi. Shuning uchun, biz, albatta, bugungi sharoitni, bugungi O‘zbekistondagi mavjud imkoniyatdan kelib chiqib, o‘zgarishlarni qilamiz», - deya qo‘shimcha qiladi vazir.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 15 oktyabrdan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan taqdim etiladigan quyidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilindi:
- shaxsning yashash joyi bo‘yicha (propiska qilinganligi) yashayotganligini;
- shaxsning ishsizligini;
- bolani, yolg‘iz shaxslarni, pensionerlarni va nogironlarni parvarish qilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
- shaxsning tavsifnomasi.
Endilikda davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida shaxsning yashash joyi bo‘yicha (propiska qilinganligi) yashayotganligini va uning ishsizligini tasdiqlovchi hujjatlar zarur bo‘lsa, mazkur ma'lumotlar davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tegishlicha Ichki ishlar vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi organlaridan olinadi.
Mavzuga oid
19:18 / 04.12.2024
Prezident maslahatchilari tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ruslanbek Davletovning lavozimi o‘zgardi
22:35 / 15.11.2022
AQSh O‘zbekistonda diniy erkinlikka doir qonunchilik xalqaro standartlarga moslashtirilishiga umid bildirdi
12:33 / 15.11.2022
Ruslanbek Davletov prezident maslahatchisi etib tayinlandi
23:40 / 12.10.2022