Sport | 23:29 / 27.11.2018
3500
2 daqiqa o‘qiladi

Afsonaviy Mixael Shumaxerning o‘g‘li faoliyatini “Formula-2”da davom ettiradi

Foto: twitter.com / Formula 2

“Formula-1” poygalarining 7 karra chempioni, hozirda baxtsiz hodisa tufayli to‘shakka mixlanib qolgan Mixael Shumaxerning o‘g‘li Mik Shumaxer keyingi mavsumdan “Formula-2”da ishtirok etishni boshlaydi. 19 yoshli Mik Prema jamoasi uchun qatnashadi.

2018 yilda Mik “Formula-3” poygasi chempioni bo‘ldi. Prema jamoasi esa umumjamoa hisobida “Formula-2” mavsumini 4-o‘rinda yakunladi. 2017 yilda poygachilar chempionatini  Prema vakili Sharl Lekler yutgan va u keyingi yildan “Formula-1”da “Ferrari” jamoasi uchun ishtirok etadi.

Mik Shumaxer joriy haftadanoq “Formula-2”ning Abu-Dabidagi sinovlarida ishtirok etadi.

2013 yil dekabri oxirida Mixael Shumaxer Fransiyaning Meribel tog‘-chang‘i kurortida chang‘i uchayotganda yiqilib og‘ir jarohat olgan. Poygachi bosh miya-chanoq jarohatini olgan va miyasiga qon quyilgan. O‘shandan beri Shumaxerning sog‘lig‘i haqida turli qarama-qarshi xabarlar beriladi. Biroq uning oilasi ham bu borada tafsilotlarni oshkor qilmay kelmoqda.

Mavzuga oid