Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shumaxerning o‘g‘li «Formula-1»da debyut qiladi
ik Shumaxer 2019 yil aprelda ilk marta «Formula-1» poyga bolidini boshqargandi. U Ferrari jamoasi tarkibida Bahrayndagi sinovlarda qatnashgan.
Mashhur avtopoygachi Mixael Shumaxerning o‘g‘li Mik Shumaxer «Formula-1» poygalarida debyut qiladi. Bu haqda The Mirror xabar bermoqda.
21 yoshli poygachi Ayfel Gran-prisi poygalarida qatnashadi. Alfa Romeo jamoasi Shumaxer «Nyurburgring» trassasida bolidni boshqarishini tasdiqladi. Ayfel Gran-prisi 9-11 oktyabrda bo‘lib o‘tadi.
Mik Shumaxer 2019 yil aprelda ilk marta «Formula-1» poyga bolidini boshqargandi. U Ferrari jamoasi tarkibida Bahrayndagi sinovlarda qatnashgan.
Mik Shumaxer Yevropaning «Formula-3» musobaqasi chempioni hisoblanadi.
Uning otasi Mixael Shumaxer «Formula-1»da yetti karra chempion bo‘lgan. Mixael 2013 yilda Alp tog‘larida jarohat olgan bo‘lib, hali-hamon davolanmoqda.
Mavzuga oid
22:01 / 09.12.2025
O‘zbekistonda «Formula-1» poygalari bosqichini o‘tkazish masalasi muhokama qilindi
20:06 / 05.10.2025
McLaren Formula-1 konstruktorlar kubogini muddatidan oldin qo‘lga kiritdi
18:33 / 21.09.2025
Ferstappen F1 poygasida Ozarboyjon Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi
17:22 / 25.05.2025