Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng ko‘p maosh to‘lovchi sport jamoalari o‘nligi: ro‘yxatda 4ta futbol klubi ham bor
Foto: Getty Images
«Barselona» klubi dunyo sporti tarixida o‘rtacha maosh miqdori yiliga 10 mln yevrodan oshgan ilk klub bo‘ldi. Bu haqda Sporting Intelligence ma'lum qilgan.
Manba ma'lumotlariga ko‘ra, «Barsa»da o‘rtacha yillik maosh 11,81 mln yevroni tashkil etadi. Bu borada ikkinchi o‘rin «Real»ga tegishli – 9,16 mln yevro.
Ispaniyaning ushbu ikki grandidan tashqari o‘rtacha oyliklar o‘nligidan yana ikkita futbol klubi o‘rin olgan - «Yuventus» (7,6 mln) va «MYu» (7,36 mln). Qolgan 6ta jamoaning barchasi basketbolga ixtisoslashgan.
Dunyoda eng yuqori ish haqi to‘lanuvchi sport jamoalari o‘nligi quyidagicha:
1. «Barselona» (futbol, £ 10,45 mln — € 11,81)
2. «Real» (futbol, £ 8,10 — € 9,16)
3. «Oklaxoma-Siti Tander» (basketbol, £ 7,85 — € 8,87)
4. «Golden Steyn Uorriorz» (basketbol, £ 7,82 — € 8,84)
5. «Vashington Uizards» (basketbol, £ 7,63 — € 8,63)
6. «Toronto Reptors» (basketbol, £ 7,58 — € 8,57)
7. «Hyuston Rokets» (basketbol, £ 7,49 — € 8,47)
8. «Mayami Xit» (basketbol, £ 7,04 — € 7,96)
9. «Yuventus» (futbol, £ 6,73 — € 7,61)
10. «Manchester Yunayted» (futbol, £ 6,53 — €7 ,38).
Mavzuga oid
02:10 / 15.04.2026
«Barselona» kambek qilolmadi
09:55 / 12.04.2026
Yamalda – yubiley, «Bavariya»da – rekord, Shomurodovda – dubl. Kun o‘yinlari
12:01 / 09.04.2026
YeChL. «Barsa» va «Liverpul» birinchi o‘yinlarida yutqazdi
11:58 / 05.04.2026