Işdan keyin farzandingiz bilan qança vaqtni birga ötkazasiz? Texnik nuqtai nazardan unga keçki ovqat tayyorlaş uçun 30 daqiqa, kitob öqib beriş uçun 15 daqiqa, uyqudan oldin öpib qöyişga esa bir neça lahzalar kerak böladi. Biroq mutaxassislarning fikriga köra, bular orasida yana 3 daqiqalik fursatlar borki, farzandingiz uçun ularning ahamiyati yuqori. Uç daqiqa qoidasi haqida bolalar bilan işlaş markazi rahbari va amaliyotçi ruhşunos Nataliya Sirotiç hikoya qiladi. Uning sözlariga köra, agar mazkur maslahatga amal qilsangiz, bola katta bölganida ham uning sizga bölgan mehri saqlanib qolişiga muvaffaq bölasiz.

Foto: AdMe

Uç daqiqa qoidasi

Qoida farzandingizni har safar xuddi ança paytdan beri körmagandek kutib olişdan (hatto ayriliq bor-yöği 5 daqiqa davom etgan bölsa ham) iborat.

Bunda bola böyiga mos darajada çökkalab, unga 3 daqiqa ajratiş va uni quçoqlab, yöqligingizda nima sodir bölganini söraş muhim. Boğçadan olayotganda, maktabdan kelayotganida, kutib oliş vaqtida, iş kunidan keyin uyga qaytganda bu qoidaga amal qiliş ayniqsa ahamiyatga ega.

Foto: AdMe

Bu nima uçun zarur?

Ruhşunosning fikriga köra, siz bilan uçraşganining ilk daqiqalarida bola uning xotirasida muhrlangan barça ma'lumotni sizga tökib soladi.

Uç daqiqa qoidasiga befarqlik bolaning xarakteridan kelib çiqib farq qilişi mumkin. Kimdir ota-onasiga voqeani hikoya qilayotganida muhim detallarni aytmaydi.

Boşqa bola esa keçki payt har bir fakt, yangi ma'lumotlargaça hikoya qiladi.

Foto: AdMe

Qöşimça tavsiyalar

Uç daqiqa qoidasi kunda bola uçun bor-yöği 3 daqiqa ajratişni anglatmaydi. U farzandingizni har körganingizda unga 3 daqiqa vaqt ajratib, sizga aytmoqçi bölgan eng muhim fikrlariga quloq solişingiz zarurligini talab etadi.

Şuningdek, bir-biringizni töliq tuşunişingiz uçun ruhşunoslarning quyidagi maslahatlaridan foydalanişingiz mumkin:

  • Har kuni ikkalangiz uçun qiziq bölgan biror maşğulot bilan şuğullaniş uçun vaqt tanlang.
  • Bolalarga ularni tinglaşingizni namoyiş eting. Masalan, boladan eşitgan ma'lumotni töğri tuşunganingizga işonç hosil qiliş uçun uning sözlarini takrorlang.
  • Kuçli hislarni yumşating. Yolğon hayrat hissini namoyiş etmang.
  • Vaqt ötganidan keyin u bilan bölgan suhbatga qaytib, bolalar nima haqida aytib berganlari esingizda ekanini körsating.
  • Uzoq va befoyda bahslarni çetlab öting. Hatto ular siz uçun aniq bölgan narsalar ustida bölsa ham. Buning örniga bolalarga: “Yaxşi mening fikrimga qöşilmasligingizni angladim” deya ayting.

Sizning farzandingiz bilan kundalik uçraşuvlaringiz qanday keçadi?