2018 yil 30 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasining majlisi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar qilmoqda.

Qömita a'zolari tomonidan Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi, Taşqi işlar vazirligi va qator manfaatdor idoralarning Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli qarori bilan tasdiqlangan 2018-2019 yillarda turizmni rivojlantiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlarni amalga oşiriş töğrisidagi axboroti tinglandi.
Qayd etilişiça, logistika, infratuzilma, mehmonxonada joy yetişmasligi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş, turizm tarmoği kadrlari salohiyatini oşiriş bilan boğliq qator muammolar 2025 yilgaça Özbekistonda Turizmni rivojlantiriş konsepsiyasi loyihasida öz aksini topgan bölişiga qaramay, mamlakat hududlaridan, vazirliklar va idoralardan, joylarda işlayotgan senatorlardan kelayotgan materiallarni örganiş, şuningdek ekspertlar sörovi mamlakatda turizm sohasini barqaror rivojlantirişga tösqinlik qilayotgan bir qança qöşimça muammolarni aniqlaş imkonini berdi.

Xususan, Özbekiston turistik brendini taşqi bozorlarda tanitiş böyiça yagona strategiya mavjud emas. Kiriş vizalari bekor qilinganidan keyin turistlar oqimi köpayganligi turizm bilan boğliq byurokratik tartib-taomillarni erkinlaştirişga qaratilgan faoliyatni davom ettiriş zarurligini körsatmoqda.
Turizm sohasida malakali kadrlarning yetişmasligi – zudlik bilan hal etilişi zarur bölgan yana bir muammodir. Ta'kidlanganidek, bu turizm sohasida uzluksiz ta'limning köp bosqiçli tizimi yöqligi, eskirgan öquv rejalari va dasturlari qöllanilayotganligi, ta'lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar joriy etiş darajasining yetarli emasligi bilan izohlanadi. Şu munosabat bilan turizm-rekreatsion körinişidagi alohida iqtisodiy zonalarni rivojlantiriş negizida ta'lim klasterlarini şakllantiriş, sayohat industriyasi professional iştirokçilari bilan birgalikda öqitiş tizimlarini qayta körib çiqiş yuzasidan takliflar bildirildi.













