Özbekistonda ilk bor mahalliy kengaşlar hokimlarni lavozimga tasdiqlaşda ularning hududni rivojlantirişga oid dasturlarini körib çiqib, ma’qulladi. Prezident Şavkat Mirziyoyev yangi tarkibdagi Senatning ilk majlisida şu haqda söz yuritdi.

Davlat rahbarining sözlariga köra, deputatlar bu dasturlardagi vazifalar ijrosi böyiça deputatlik va kengaş nazoratini amalga oşirişda faol va taşabbuskor bölişi kerak, xalq ulardan şuni kutmoqda.

2025 yildan yer, mol-mulk va aylanma soliqlarini töliq, daromad soliğining esa kamida 50 foizini tuman va şaharning özida qoldiriş rejalaştirilgan.

Natijada 2025 yilda tuman va şaharlar budjetlari daromadi 9,4 trln sömga yoki 47 foizga oşadi. Ya’ni mahalliy kengaşlarning uşbu sohadagi roli ortadi.

Şavkat Mirziyoyevning aytişiça, bu islohotlar tuman va şaharlar öz hududidagi muammolarni mustaqil hal etiş imkoniyatini tubdan oşiradi. Bundan taşqari, kengaşlardan yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, aholini qiynayotgan masalalar yeçimi böyiça asosli taşabbuslarni ilgari surişni ham taqozo etadi.

Senat esa bu yönalişlarda mahalliy kengaşlar faoliyatini tizimli tahlil qilib, ularga kömaklaşib borişi zarur, dedi prezident.